Umar Shamsiyev - Ayol

Mehr-muruvvatmi ismi ayolning,
Yoki sabru toqat, matonatmikan?
Yuragida cheksiz muhabbat bilan
Yashar dilin tirnab tursa ham tikan. (x2)

Ayolning ko’zlari dengizga o’xshar,
Tubsiz o’z domiga tortar nigohi.
Ayol faqat farzandlarim deb yashar,
Ular kamoli deb nola-yu ohi.

Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol.

Gulday nozikkina vujudi bilan
Qancha iztirobga kelar basma-bas,
Baxtin kutar orzu umidi bilan,
Bardoshiga tog’lar qilgaydir havas.

Mo’jiza izlamang dunyodan bo’lak,
Bir bor tinglang ajib, shirin har so’zi.
Taftidan eriydi muzlagan yurak,
Axir mo’jizaku ayolning o’zi.

Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, mo’jiza ayol. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Afruz guruhi - Shalola
Ulug'bek Rahmatullaev - Ayol
Farrux Xamraev - Baxtli bo’lsang bas
Bojalar guruhi, Orolmirzo Safarov - Hayot
Yagona - Daryo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты