Dilso'z - Sog’indim yomon

Yorim bergan zarli ro’molni o’rab,
Pardoz-andozlandim oynaga qarab, (x2)
Qop-qora sochlarimni silliq tarab, (x2)
Ko’zim yo’lida intizor kutarman. (x2)

Sog’indim yomon, sog’indim yomon,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?
Sog’indim yomon, sog’indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?

Shuncha taraddud ayladim yor uchun,
Dilimda unga muhabbat bor uchun, (x2)
Kelsin endi yurakkinam zor uchun,
Ko’zim yo’lida intizor kutarman. (x2)

Sog’indim yomon, sog’indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?
Sog’indim yomon, sog’indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?

Bunchalar bag’ritosh bo’lmasa yorim,
Nahotki, man shunday yolg’iz o’tarman? (x2)
Kelmasa mayli, kutmayman, deymanu,
Ko’zim yo’lida intizor kutarman.

Sog’indim yomon, sog’indim yomon,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?
Sog’indim yomon, sog’indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?



Бошка кушик матнлари:


Adi - Ro’mol
Alisher Fayz - Qoshi qora
Bahrom Nazarov - Nahotki
Munisa Rizayeva - Qop-qora
Jahongir Otajonov - Mayli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты