Botir Qodirov - Topdim

Mehribonim, men sizni topdim.
Xazonrez bog’larning kuzli, ayozli,
Huvildoq tunlari yomg’ir, shamolli,
Hurlikdan iyigan umidlar ichra
Men sizni topdim.

Topdim, derazamga kakliklar qo’ndi,
Sayradi, sayradim jon chiqar qadar.
Do’l yoqqan qahraton, muzli kechalar,
Bebahor gulladim, barg yozdim samar.
Mehribonim, men sizni topdim,
Qadrdonim, men sizni topdim.

Mehribonim, bu ne ko’rgulik, ne savdo?
Bu shirin jonimdan o’kinmay toldim.
Bu ne saodat, bu nechuk yolg’on?
O’z qonimni o’zim ichimda qondim.
Izlay-izlay men sizni topdim.

Topmasam ko’zlarim yo’lga to’kardim,
Har zarra tuproqni sizlab o’tardim.
Bu yorug’ dunyodan nursiz, benavo,
Izillab-izillab izlab o’tardim.

Mehribonim, men sizni topdim,
Qadrdonim, men sizni topdim. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Izzatbek Qo'qonov - Guli
Gulsanam Mamazoitova - Chaman ichra
Dildora Niyozova - Ketarman
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Sarbon guruhi - Uch yuz oltmish kun


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты