Hosila Rahimova - Chaman ichra

Bog’da bulbul sayraydi chaman ichra,
Shom bo’lganga o’xshaydi chaman ichra,
Yuragim shig’illaydi chaman ichra, bog’ ichra
Yor kelganga o’xshaydi chaman ichra,
Yor kelganga o’xshaydi chaman ichra.

Qizil gulning tagida chaman ichra
Yor, seni ko’rib qoldim chaman ichra,
Ko’rmasam bo’lar ekan chaman ichra, bog’ ichra
Ishqingda kuyib qoldim chaman ichra,
Ishqingda kuyib qoldim chaman ichra.

Gul uzganim yo’q erdi chaman ichra,
Toldirdi bilagimni chaman ichra,
Yor sevganim yo’q erdi chaman ichra, bog’ ichra
Yondirdi yuragimni chaman ichra,
Yondirdi yuragimni chaman ichra.

Yondirdi yuragimni chaman ichra… (x2)



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Gulsanam Mamazoitova - Chaman ichra
Abdurashid Yo'ldoshev - Qizil gul
Yulduz Usmonova - Qizil olma
Tohir Usmonov - Bor ekan


Добавить комментарий