Yalla ansambli - Izlab-izlab

O’rmonlarga qo’nar oqshom, go’zaldir olam,
Menda yo’q orom, tatimas bir dam,
Yo’qsan jonim, yo’qsan dildor, so’zlari bahor,
Ko’zim intizor, na bir xat bor.

O’rtamizda xafalik bor,
Uzr aytib senga yuz bor,
Izlab-izlab yo’ling topsam,
So’zlab-so’zlab diling topsam.

Oylar o’tib, yillar o’tib, bog’lar ochilib,
Kelganday bo’lib sho’xliklar qaytib,
Sochlarimga yog’sa ham qor sevgim bir bahor,
Kuylasa takror qo’limdagi tor.

Eslab-eslab sog’inamiz,
Olis-olis ilk sevgimiz.
Izlab-izlab sog’inamiz,
Olis-olis yoshligimiz.

Eslab-eslab sog’inamiz,
Olis-olis yoshligimiz.



Бошка кушик матнлари:


Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor
Bojalar guruhi, Ziyoda - Popuri
Yalla ansambli - O’zbekiston Vatanim
Rayhon - O’rtamizda
Ummon - Bu oqshom


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты