Malika Ravshanova - Yig’lamagin

Mungli ko`zlar, alamli ko`zlar,
Ko`kdan yerga cho`kkan yulduzlar.
Tomchi-tomchi ko`z yoshi oqib,
Dardin so`zlar, hasratin so`zlar.

Otasini ko`rmagan kimdir,
Onasiga to`ymagan kimdir,
Farzandi yo`q erkalay desa,
Bo`sh yostiqqa yig`lagan kimdir.

Yig`lamagin, yig`latmagin,
Umidlaring muzlatmagin.
Kular baxting, to`ladi ko`ngling,
Bahoring yaqin.

Yolg`izmassan dunyolarda,
Ijobat bor duolarda.
Umrim shunday o`tadi dema,
Bahoring yaqin.

Og`riq bilan urgan yuraklar,
Parchalangan, kuygan yuraklar,
Gul hidini, qushlar kuyini
Sevmay, sezmay, kuygan yuraklar.

Jon uzilmay umid uzilmas,
Bir ehsondir har bitta nafas.
Dardlar o`tar, tashvishlar ketar,
Sabr bilan chidab bersak bas.

Yig`lamagin, yig`latmagin,
Umidlaring muzlatmagin.
Kular baxting, to`ladi ko`ngling,
Bahoring yaqin.

Yolg`izmassan dunyolarda,
Ijobat bor duolarda.
Umrim shunday o`tadi dema,
Bahoring yaqin.



Бошка кушик матнлари:


Otabek Mutalxo'jaev - Erkalay
Shoira Otabekova - Alamli
Sarvar va Komil - Erkalay
Tohir Sodiqov - Malika
Soyib Niyozov - Otasini yig’latganni


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты