AKRAMXOʻJAYEV Obid Murodovich

AKRAMXOʻJAYEV Obid Murodovich (1920.12.10 – Toshkent – 1996.15.9) — geolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda (1964) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, prof., geol.-mineralogiya fanlari d-ri (1959). Oʻrta Osiyo industriya in-tini tugatgan (1945). Oʻzbekiston FA Geologiya in-tida katta ilmiy xodim, paleogeografiya lab. mudiri (1950—57), Butunittifoq neft geologik-qidiruv in-tining Oʻzbekiston filiali direktori (1957 — 59). Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi, Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi (1964-76) va 1970 i. gacha FA Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganuvchi kengash raisi. Oʻzbekiston Geogr. jamiyatining prezidenti (1976—90). 1959—88 y. larda Neft va gaz konlari geol. si va qidiruv ilmiy tadqiqot in-ti direktori, 1988—89 y. larda shu in-t maʼmuriyati qoshida maslahatchi. Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti, FA Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi (1990-92), 1992-y. dan FAning Neft va gaz geologiyasi, geokimyosi markazi rahbari. Akramxoʻjayevning asosiy ilmiy ishlari neft-gaz konlari litologiyasi, neft geol. si va geokimyosi, neft va gaz zaxiralarini oldindan hisoblashning hajmiy-genetik metodini ishlab chiqishga oid. Akramxoʻjayev rahbarligida va faol ishtirokida 1967-y. da Ustyurt geol. si va uning neft hamda gaz sohasidagi istiqboli toʻgʻrisida 2 jildli monografiya nashr etildi. Oxirgi 20 yil ichida neft va gaz karbongidrogenlarining paydo boʻlishi, ularning migratsiyasi, konlarning hosil bulishi va joylanish qonuniyatlarini oʻrganishga salmokli hissa qoʻshdi. Uning «Nigut gʻorining siri» ilmiy sarguzasht qissasi shu nomdagi toʻla metrajli badiiy filmga asos boʻldi. «Hayot saboqlari» esdaliklari (1995) nashr etilgan. Geologlarning xalqaro miqyosdagi bir qancha kongresslari qatnashchisi. Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri Akramxoʻjayev nomiga qoʻyilgan.

As: Paleozoy va mezozoy qatlamlarining petrografik tuzilishi, T., 1960; Qoraqalpogʻistonda geologiya va neft-gaz mavjudligiga doir baʼzi bir masalalar, T., 1962; Genezis nefti i gaza, M., 1967; Geologiya i metodы izucheniya neftegazonosnosti drevnix delt, M., 1986.

Ad: Shayxov H., Zamin shaydosi, T., 1990.


Lotin alifbosida maqola: AKRAMXOʻJAYEV Obid Murodovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABDULLAYEV
ABDUNABIYEV Abdulla Gʻulomovich
AHMEDOV Nosir Komilovich
ABDUVAHOBOV Abduvali Abdusamatovich
AQAYEV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты