ARALASH MULK — turli mulk shakllarining birlashuvi natijasida paydo boʻladigan mulk. Aralash mulk turli mulk sohiblari hissa (pay)larining qoʻshilishidan yuzaga keladi. Kelishuvga binoan bu pay har xil boʻlishi mumkin, lekin mulk egalaridan birontasining hukmron boʻlishiga yoʻl beril-maydi. Aralash mulk sohiblari xarajatlar va foydazararni baham koʻradilar. Amaliyotda Aralash mulkda xususiy, jamoa va davlat mulklari birlashadi va aralash jamiyatlar paydo boʻladi. Oʻzbekistonda mulkiy islohotlar natijasida 1995-y. dan boshlab Aralash mulk boʻlgan korxonalar yuzaga keldi. Hoz. davrda ularning keng tarqalgan shakli hissabay mulk ishtiroki turlicha boʻlgan davlataksiyadorlik korxonalaridir.
1996-y. Ar. m. korxonalarida mehnat unumdorligi boshqa xoʻjaliklar koʻrsatkichidan 5,6-marta, davlat sektoridagidan esa 1,2-marta yuqori boʻldi, ammo Aralash mulkning amal qilish doirasi hozircha ancha tor.