AYBINI BOʻYNIGA OLISH TOʻGʻRISIDAGI ARZ

AYBINI BOʻYNIGA OLISH TOʻGʻRISIDAGI ARZ — ariza beruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov eʼlon qilinmasdan oldin bergan xabari (OʻzR JPK, 113-modda). Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ogʻzaki xabarnomani bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir maʼlumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi, bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi. Arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ushbu Kodeksning 322-moddasi l-qismi (5-bandi) talabiga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatishga asoslardan biridir.

OʻzR JPKning 54-modda 2-qismi, 55-modda l-qismi «a» bandiga asosan bunday arz jazoni yengillashtiruvchi holat, deb topilishi shart.


Lotin alifbosida maqola: AYBINI BOʻYNIGA OLISH TOʻGʻRISIDAGI ARZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
Amerika Qoʻshma Shtatlari Oliy sudi
JINOYAT ISHINI QOʻZGʻATISH
ARIZA
AYBLOV XULOSASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты