AYBLOV XULOSASI

AYBLOV XULOSASI — jinoyat yuzasidan tergov natijasida aniqlangan holatlar va ayb mazmuni bayon etilgan protsessual hujjat. Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib boʻlgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi fikri oʻzgarmagan boʻlsa, Ayblov xulosasi tuzadi. Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlar va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi. Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi hamda eʼlon qilingan ayblovning mazmuni JKning shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham koʻrsatgan holda bayon qilinadi. Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiklovchi ish sahifalari koʻrsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi koʻrsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi (OʻzR JPK, 379-modda).

Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek qoʻllanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi toʻgʻrisidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy daʼvoni va mol-mulkning musodara qilinishi ehtimolini taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova kilinadi. Tergovchi Ayblov xulosasini im-zolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi (OʻzR JPK 380—381-moddalar).


Lotin alifbosida maqola: AYBLOV XULOSASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
AYBLANUVCHI
DASTLABKI TERGOV
ALISHER NAVOIY
ADVOKAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты