DASTLABKI TERGOV

DASTLABKI TERGOV — sudgacha tergov yoʻli bilan dalil toʻplash. Dastlabki tergov davomida jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan xdmma holatlar boʻyicha dalillar yigʻiladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyatni sodir qilganlikda ayblov masalasi hal etiladi. Surishtiruv oʻtkazilgan ishlar boʻyicha Dastlabki tergov surishtiruv tugallanganidan keyin olib boriladi. Oʻzbekiston JPK boʻyicha, Dastlabki tergov majburiy boʻlib, u barcha jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkazilishi shart. Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi, uni prokurorlar qam oʻtkazishi mumkin. Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi. Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalari, jamoalar va aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar xaqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab, murojaat etadi. Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga kura, ayrim tergov harakatlarida ish-tirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin, ularga nisbatan tegishli protsess ishtirokchilarining huquklari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalar toʻliq tatbiq etiladi. Dastlabki tergov boshlanishida tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu hakda ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. OʻzR JPKga binoan, Dastlabki tergov jinoyat ishi qoʻzgʻa-tilgan kundan boshlab, ikki oydan osh-magan muddatda tamomlanishi lozim.


Lotin alifbosida maqola: DASTLABKI TERGOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ALISHER NAVOIY
AYBLOV XULOSASI
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты