ANTRANIL KISLOTA

ANTRANIL KISLOTA, o-aminobenzoy kislota, rangsiz kristall. Mol. m. 137,14. Suyuqlanish t-rasi 145°. Issiq xloroform, etanol va piridinda yaxshi eriydi. Haydalganda karboksil guruhini yoʻqotib anilinga aylanadi. Eritmalari shirin boʻlib, koʻk fluoressensiyalanish xususiyatiga ega. Antranil kislota ftalimidning ishqoriy eritmasiga natriy gipobromit yoki natriy gipoxlorit taʼsir ettirib olinadi. Sirka kislota eritmasida Antranil kislota kadmiy, kobalt, mis, nikel, rux, molibden, qoʻrgʻoshin va simob bilan ichki kompleks (kam eruvchan) birikmalar hosil qiladi. Uning bu xususiyatidan mazkur elementlar miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Antranil kislota turli azoboʻyoklar olish uchun asosiy xom ashyodir. Uning metil efiri atir-upa i. ch. da qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ANTRANIL KISLOTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AGROKIMYOVIY TAHLIL
ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI
AFRIKA
BERUNIY
AMINOFENOLLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты