ARAFURA DENGIZI — Hind okeanining chekka dengizi. Avstraliya, Yangi Gvineya, Tanimbar va Kay o. lari oraligʻida. Mayd. 1017 ming km2. Koʻp qismining chuq. 200 m, shim.-gʻarbda 3680 m gacha. Oqimlar yozda gʻarbdan sharqqa, qishda sharqdan gʻarbga yoʻnalgan. Suvining oʻrtacha t-rasi 25 — 28°. Shoʻrligi 34 — 35%o. Eng katta qoʻltigʻi — Karpentariya.