ARJON

ARJON — Sibirdagi ilk skif davriga oid mozorqoʻrgʻon (mil. av. 8-a.). Tuva oʻlkasidagi Oʻyuq daryosi vodiysidagi Arjon qishlogʻidan topilgan. Mozorqoʻrgʻonning diametri 120 m, bal. 4 m. Yogʻochdan ishlangan qabr inshootining usti toshlar bilan yopilgan. 70 dan ziyod qabr chiqqan. «Shoh» va «malika» dafn etilgan qabr atrofiga 15 kishi va 160 ot qoʻshib koʻmilgan. Koʻplab jez qurollar (bolta, xanjarlar, paykonlar), sopol idishlar, bezak buyumlar — hayvonlar tasviri tushirilgan qadamalar, ot abzallari va b. topilgan. Arjon Yevrosiyo dashtlaridagi koʻchmanchi qabilalar madaniyatining ilk namunalaridan hisoblanadi.

Ad:. Gryaznov M. P., Arjan — sarskiy kurgan ranneskifskogo vremeni, M., 1980.


Lotin alifbosida maqola: ARJON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты