ADDIS-ABEBA

ADDIS-ABEBA (amxara tilida — yangi gul) — Efiopiya (Habashiston)ning poytaxti va A.-A. viloyatining maʼmuriy markazi. A.-A. Efiopiya (Habashiston) togʻligida, dengiz sathidan 2400 m balandlikda. Aholisi 1,5 mln. kishi (1995). Shaharga 1887-y. imperator Menelik II asos solgan va dastlab Finfinna deb atalgan. 1889-y. dan Efiopiya poytaxti. 1936—41 y. larda A.-A. ni Italiya qoʻshinlari okkupatsiya qilib. turgan. A.A. mamlakatning yirik sanoat va savdo markazi (asosan, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari), transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yigʻuv z-di, yogʻochsozlik, sement korxonalari bor. Kustar usulida gazlama toʻqiladi, charm, metall va yogʻochdan buyumlar ishlab chiqariladi. A.A. da kollejlar, un-t, bir qancha ilmiy tadqiqot in-tlari (jumladan, Efiopiyashunoslik in-ti), Milliy teatr, Tarix-etnografiya muzeyi, tibbiyot muassasalari bor. Radio va televizion st-yalar (i960-y. dan) mavjud. BMT ning Afrika boʻyicha Iqtisodiy komissiyasi (1958-y. dan) va Afrika birligi tashkiloti (1963-y. dan) qarorgohi. Shaharning tashqi qiyofasida milliy va zamonaviy meʼmorchilik obyektlari uygʻunlashgan. Meʼmoriy ansambllardan Menelik II saroyi (19-a. oxiri), Yubiley qasri (1955), Afrika Uyi (1963) vab. bor.


Lotin alifbosida maqola: ADDIS-ABEBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ITALIYA
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты