AKSIYA

AKSIYA (frans. action — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. Aksiya qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. Aksiya chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb ataladi. Aksiya dastlab emmitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikki-lamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi. Aksiya bevosita emmitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. Oʻzbekistonda Aksiya aholiga xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va ularga qarashli maxsus magazinlarda sotiladi. Oʻzbekistonda 1997-y. 5 ta investitsiya fondi ishladi.

Aksiya davlat korxonalari aksiyador jamiyatlarga aylantirilgan chogʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. Oʻzbekistondagi Aksiya davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989-y. dan boshlab chiqarilgan. Aksiya egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli Aksiyaga boʻlinadi. Oʻzbekistonda aholi orasida birinchi turdagi Aksiya tarqalgan. Aksiya oddiy va imtiyozli turlarga boʻlinadi. Oddiy Aksiya dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini taʼminlovchi Aksiya ; imtiyozli A. dividend oddindan belgilangan, lekin ovoz berish hukuqini taʼminlamaydigan A A. egasining oʻzida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mac, 1995-y. da «Vaqt» milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saqlandi.


Lotin alifbosida maqola: AKSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKSIYADORLAR JAMIYATI
AMIR TEMUR
ANDIJON VILOYATI
AVSTRIYA
ARGENTINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты