AKTINIY (lot. Actinium, yun. aktinos — nur) , Ac — Mendeleyev davriy sis-temasining III guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 89, at. m. 227, 0278; yer poʻstining otirlik jihatdan qismini tashkil etadi, 1899-y. da fransuz kimyogari A. Debyern uran rudasi chiqindilarini nurlantirish paytida kashf etgan. Uning 10 izotopi maʼlum: As2» (yarim yemirilish davri 21,8 y.), As228 (yarim yemirilish davri 6,13 soat), As225 (yarim yemirilish davri 10 kun). A. kumush rang metall; suyuklanish t-rasi 1040°, kimyoviy xossalari jihatidan lantanga oʻxshaydi. U 3 valentli, havoda tez oksidlanadi, xlorid va nitrat kislotalarda eriydi. Toza Aktiniy ni-yadroviy jarayonlar yordamida olish qulay. Radiyni atom reaktorida neytronlar yordamida nurlantirish yoʻli bilan koʻp miqdorda Aktiniy olish mumkin.