ANDALUSIYA PASTGEKISLIGI — Ispaniyaning jan. da, Atlantika okeani b-n Syerra-Morena, Andalusiya togʻlari oraligʻida joylashgan pasttekislik. Asosan Gvadalkvivir daryosi havzasida. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi, yillik yogʻin 400 — 700 mm. Andalusiya pastgekisligida Oʻrta dengiz atrofiga xos butali chakalakzorlar bor. Bugʻdoy, makkajoʻxori, qand lavlagi yetishtiriladi; tokzor, bogʻ, zaytunzorlar koʻp. Yirik shaharlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Kadis.