BEZORILIK

BEZORILIK — shaxsning jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzishi va jamiyatga oshkora hurmatsizlik koʻrsatishdan iborat xatti-harakati. Qonunlarda maʼmuriy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan mayda Bezorilik va jinoiy javobgarlikka tortiladigan Bezorilikka oid tegishli jazo choralari qoʻllaniladi.

Jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xattiharakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, yaʼni, mayda Bezorilik uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish bilan jazolanadi (OʻzR MJKning 183-moddasi).

Jinoyat huquqida Bezorilik xususan jiddiy zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan holda sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanish nazarda tutilgan. Bezorilik umum eʼtirof etgan axloqqoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalangan oʻtaketgan behayolik bilan qilinsa; yosh bola, qariya, nogʻiron, ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab, koʻp miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib, sodir etilgan boʻlsa, ashaddiy Bezorilik deb hisoblanadi va S y. gacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bezorilik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; oʻqotar qurolni namoy-ish qilib, uni qoʻllash bilan qoʻrqitib yoki koʻllab; ommaviy tadbirlar oʻtka-zilayotgan vaqtda jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini kurgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib, sodir etilsa, oʻta ashaddiy Bezorilik hisoblanadi va 5 y. dan 8 y. gacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (OʻzR JKning 277-moddasi).


Lotin alifbosida maqola: BEZORILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
AXLOQ TUZATISH ISHLARI
BADANGA SHIKAST YETKAZISH
AQLI RASOLIK
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты