BOSNIYA VA GERSEGOVINA (Bosna i Hercegovina) , Bosniya va Gersegovina Respublikasi — Bolqon ya. o. ning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 51,1 ming km2. Aholisi 4 mln. 510 ming kishi (1996). Poytaxti — Sarayevo sh.
Davlat tuzumi. Bosniya va gersegovina va G. respublika boʻlib, qonun ustunligi va erkin demokratik saylov asosida faoliyat koʻrsatuvchi demokratik davlat. 1995-y. 14 dek. da kuchga kirgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat boshligʻi — B. va G. Prezidiumы raisi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — ikki palatali parlament assambleyasi. Ijroiya hokimiyat Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiya boʻiicha Bosniya va gersegovina va G. 2 tuzilma: B. va G. Federatsiyasi va Serb Respublikasidan iborat.
Tabiatya. Bosniya va gersegovina va G. hududining 90% ni togʻlar egallaydi. Pasttekisliklari Sava daryosi boʻylab shim. ga choʻziladi va Oʻrta Dunay tekisligining jan. kismini tashkil etadi. Jan. dagi pastqam togʻlar va serhosil togʻlararo havzalar mintaqasi 2000—2400 m gacha balandlikdagi Dinara togʻliklariga tutashib ketadi. Sava daryosi vodiysidagi iqpim moʻtadil, kontinental (yiliga 600 — 800 mm yogʻin yogʻadi), togʻlarda nam va sovuq (yiliga 1500—2500 mm gacha yogʻin yogʻadi). Bosniya va gersegovina va G. maydonining 40% — oʻrmon, shu jumladan 3/3 qismi keng bargli (dub, buk), qolgani igna bargli (archa, qaragʻay) oʻrmonlar. Asosiy daryolari — Drina, Bosna, Vrbas, Neretva.
Aholisi. Bosniya va gersegovina va G. aholisining 43,6% ni bosniyaliklar («musulmonlar») tashkil etadi. Bu yerda serblar (31,4%), xorvatlar (17,3%) ham yashaydi. Rasmiy tili — bosniya, serb va xorvat tili. Dindorlar musulmon-sunniylar (40%), pravoslav xristianlar (31%), katoliklar (15%) va b. Yirik shaharlari: Sarayevo, BanyaLuka, Zenitsa, Tuzla.
Tarnxya. Bosniya va gersegovina va G. hududida tosh davri (paleolit) da ham aholi yashagan. Qad. aholisi illiriylar boʻlgan. Mil. av. 3-a. da ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qad. Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. 6-a. birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 6—7-a. larda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. 10-a. oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlganligi haqida maʼlumotlar bayon qilingan. 12— 14-a. larda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-a. da, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353—91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning jan. qismidagi hukmdorlardan biri — Stepan Vukchich 1448-y. da oʻzini gersog deb eʼlon kildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482-y. da Gersegovinani turklar ishgol kildi. 1583-y. da Bosniya va gersegovina va G. podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul kildi. Bosniya va gersegovina va G da turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-a. boshlarida Bosniya va gersegovina va G. xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-a. oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi tuxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872-y. da birinchi t. y. (BanyaLuka — Novi) ochildi. Biroq Bosniya va gersegovina va G. ijtimoiyiktisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852 — 53, 185758, 186162 ylar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878-y. gi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi Bosniya va gersegovina va G. ni bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908-y. da AvstriyaVengriya Bosniya va gersegovina va G. ni oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon kildi. 1918-y. da AvstriyaVengriya parchalangach, Bosniya va gersegovina va G. serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929-y. dan — Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 2-jahon urushi davrida 1941-y. apr. da Bosniya va gersegovina va G. nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va «Mustaqil Xorvat davlati» tarkibiga koʻshib yuborildi. Bosniya va gersegovina va G. fashist boskinchilarga karshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945—92 y. larda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-y. apr. da Bosniya va gersegovina va G. parlamenta 1992-y. 29 fev. va 1-martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992-y. apr. da respublikaning shim. hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil «Bosniya va gersegovina va G. Serbiya Respublikasi»ni eʼlon qildilar; i yul da Bosniya va gersegovina va G. gʻarbida «GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi» muxtor r-ni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993-y. da uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida Bosniya va gersegovina va G. Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995-y. 21 noyab. da AQSHning Dayton sh. yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida Bosniya va gersegovina va G da tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va gersegovina va G. 1992-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1996-y. 14-mayda oʻrnatgan.
Asosny snyosny partiyalarn. Demokratik harakat partiyasi, musulmonlar partiyasi, 1990-y. da asos solingan; B. va G. serb demokratik partiyasi, 1990-y. da tuzilgan; B. va G. Xorvat demokratik hamdoʻstligi; «Bosniya va Gersegovina uchun», partiya, 1996-y. tuzilgan; Serb xalq ittifoqi, partiya, 1997-y. tashkil etilgan.
Xoʻjaligi. 1992—95 y. lardagi urush harakatlari boshlangunga qadar Bosniya va gersegovina va G. milliy daromadida q. x. ulushi 10,9%, sanoat ulushi 57,6% ni tashkil qilgan (1989). Urushgacha sanoatda qoʻngʻir koʻmir, temir va marganes rudalari, boksit kazib chiqarish, gidroenergiya hosil qilish, shuningdek metallurgiya, kimyo, oʻrmon, yogʻochsozlik, mashinasozlik, oziqovqat va yengil sanoat rivojlangan. Bosniya va gersegovina va G. da qoʻngʻir koʻmir va lignit zaxiralari (Tuzla, Zenitsa, Kakan, Breza, Banovichi yaqinida) mavjud. 1990-y. 14,6 mlrd. kVtsoat elsktr energiyasi hosil qilingan. Varesh va Lyubiya ruda konlarida temir rudasi qazib olingan. Zenitsadagi k-t, Iliyash va Vareshdagi z-dlarda qora metallar ishlab chiqarilgan. Bosniya va gersegovina va G. da t. y. uzunligi 1000 km, avtomobil yoʻllari uz. 21,1 ming km ni tashkil etgan (1991).
Q. x. da mamlakat hududining ʻ/2 qismidan foydalaniladi, uning 50% — ekinzor, bogʻ va tokzorlar, qolgan qismi oʻtloq va togʻ yaylovlari boʻlgan. Makkajoʻxori, bugʻdoy, kartoshka, texnika ekinlaridan zigʻir, qand lavlagi, tamaki yetishtirilgan. Chorvachilik rivojlangan. Pul birligi — bosniya markasi.
Matbuoti. Bosniya va gersegovina va G. da nashr etiladigan asosiy gaz. lar: «Oslobodjene» («Ozodlik», kundalik gaz., 1943-y. dan), «Vecherne novine» («Oqshom yangiliklari», kundalik gaz., 1964-y. dan). Bosniya va gersegovina va G. radiotelevideniyesi 4 radio va 2 telekoʻrsatuv dasturi asosida ishlaydi. 1945-y. dan radioeshittirishlar, 1969-y. dan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Tibbiy xnzmati, maoryafi. Bosniya va gersegovina va G. da 90-y. lar boshida 1000 kishiga kasalxonalarda 5,8 oʻrin va 2,6 shifokor toʻgʻri kelgan. Maorif tizimi boshlangʻich maktab, gimnaziya, hunar va texnika oʻquv yurtlaridan iborat. Mamlakatda 4 unt mavjud.