BIK GʻOʻZASI

BIK GʻOʻZASI (Gossypium bickii Proch.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi S4, xromosomalari soni 2p=26. Birinchi marta ingliz olimi L. Beyli taʼriflab bergan (1910). 1964-y. dan oʻrganilmoqda. Shim. Avstraliyaning ayrim shtatlarida tarqalgan. Bik gʻoʻzasi past boʻyli buta, oʻsuv shoxlari koʻp, zich tutamtutam tuklar bilan qoplangan. Hosil shoxlari kalta, 2—3 boʻgʻimli. Poyasi ingichka, yer«bagirlab usadi. Gullari mayda, naysimon, gulbargi och binafsha rangli, asosida toʻq olcha rang qizgʻish dogʻi bor. Koʻsaklari mayda, uzunchoqtuxumsimon, sayoz chuqurchalari bor. 3 — 4 chanoqli. Har bir chanogʻida 2 — 4 tadan mayda mallayashil tuklar (uz. 4 mm) bilan qoplangan chigiti bor.


Lotin alifbosida maqola: BIK GʻOʻZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ARMUR GʻOʻZASI
AVSTRALIYA GʻOʻZASI
AVSTRALIYA
BARBOS GʻOʻZASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты