BOSH ISTISQOSI

BOSH ISTISQOSI, gidrotsefaliya, miya istisqosi — kalla boʻshligʻida orqa miya suyuqligʻining ortiqcha yigʻilishi va kalla ichi bosimining oshishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. Tugʻma va orttirilgan xillari bor. Tugʻma Bosh istisqosi onadagi yuqumli kasalliklar, shikastlanish va zaharlanishning homilaga taʼsiri natijasida vujudga kelib, bola tugʻilishi b-noq yuzaga chiqadi. Bunda bolaning boshi juda tez kattalashadi, ayniqsa peshona va tepa suyak doʻmbogʻi turtib chiqadi, suyaklari yuqalashadi; chekka va peshona sohasidagi vena tomirlari boʻrtadi, koʻrish, eshitish faoliyati buziladi, qoʻloyoq qisman falajlanib, keyinchalik tuzuk yura olmaydi. Moddalar almashinuvi (suv, uglevod va yogʻ almashinuvi) izdan chiqadi; yogʻ almashinuvining buzilishi tufayli baʼzan bemorni yogʻ bosadi yoki aksincha juda ozib ketadi. Bola juda boʻshang, uyquchan boʻladi, ruhiy rivojlanishi kechikadi. Orttirilgan Bosh istisqosi datugʻilgandan keyin bosh miya pardasining infeksion kasalliklari (meningit va meningoensefalit) yoki kalla shikastlanishi (koʻpincha tugʻilishda shikastlanishi) natijasida roʻy beradi. Bosh istisqosining bu xilida bemorning esʼhushi deyarli oʻzgarmaydi. Bunda bosh aylanadi, qattiq ogʻriydi, bemor qayt qiladi, ogʻirroq kechganida esa hushidan ketadi, qoʻloyogʻi falaj boʻlib qoladi. Bosh istisqosining oldini olish uchun kasallikka sabab boʻlgan omillarni vaktida bartaraf etish, davolash esa kalla ichi bosimini kamaytirishga qaratilishi lozim.


Lotin alifbosida maqola: BOSH ISTISQOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
GOʻDAK
YER
KALLA SUYAGI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты