BOTIR SRIM QOʻZGʻOLONI

BOTIR SRIM QOʻZGʻOLONI — Kichik juz qozoklarining chor hukumati va mahalliy xon zulmiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni (1783—97). Rahbari — qozoqlarning boyboqti urugʻiga mansub yirik biy Botir Srim (?—1802). Soliqlarning benihoyat oshirilgani, qozoqlarning yer va yaylovlardan foydalanish huquklarining cheklab qoʻyilgani Botir srim qoʻzgʻoloni S q. ga sabab boʻlgan. Botir srim qoʻzgʻoloni S q. dastlabki kunlardayoq umumxalq harakatiga aylandi. 1786-y. Kichik juz xoni Nuralixon taxtdan agʻdarilib, Rossiya hukumati panohiga qochdi. 18-a. ning 80-y. larida qozoq choʻllarini Rossiya imperiyasiga qoʻshib olib, ularni gubernyalarga taqsimlagan holda idora qilishga kirishgan chor hukumati dastlabki vaqtlarda qozoq xonlariga qarshi qaratilgan Botir srim qoʻzgʻoloni S q. ni qoʻllabquvvatladi. Maqsadi — qoʻzgʻolonchilar yordamida xonlikni tugatish edi. Ammo qoʻzgʻolonchilarning ruscha maʼmuriy idoralar taʼsis etilishiga qarshi ekanliklarini bilgach, xon hokimiyatini qayta tikladi. Shunda Botir Srim Rossiyaga qarshi urush eʼlon qilib, rus qoʻshinlari istehkomlariga hujum qila boshladi. Qoʻzgʻolonchilar 1797-y. chor hukumati tayinlagan yangi xon Yesimni oʻldirdilar. Bunga javoban chor xukumati jazo operatsiyalari oʻtkazish bilan bir qatorda hiylanayrang ham ishlatdi: bu safar u mamlakatga yangi xon tayin qilmay, sultonlar (chingiziylar), biylar va qabila oqsoqollari manfaatlariga moye keluvchi «xon kengashi» deb atalmish kengash tashkil qildi. Bu bilan u barcha qozoq zodagonlarini birlashtirib, Botir srim qoʻzgʻoloni S q. ga qarshi birgalikda kurashmoqni koʻzladi. Botir Srimʻ addanib, 1797-y. 29 avg. da ming kishilik qoʻzgʻolonchilar lashkari bilan kengashga keldida, kurashni toʻxtatganligini maʼlum qildi. Shundan soʻng u kengash aʼzoligiga qabul qilindi. Lekin qozoq sultonlari Botir Srimning tez orala kengash rahnamosiga aylanishi mumkinligini oʻylab, uni taʼqibu tazyiq qilishga kirishdilar. Natijada Botir Srim Xivaga qochishga majbur boʻldi (1797-y. oxiri). Baʼzi manbalarga koʻra, Botir Srimni qozoq sultonlari Xivaga yuborgan odam zaharlab oʻldirgan.


Lotin alifbosida maqola: BOTIR SRIM QOʻZGʻOLONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
ANDIJON QOʻZGʻOLONI
ARGENTINA
BERUNIY
BRAZILIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты