BAVARIYA

BAVARIYA — GFR yeri. Dunay havzasida. Mayd. 70,6 ming km2. Aholisi 11,4 mln. kishi (1991). Maʼmuriy markazi — Myunxen sh. B. mamlakatning eng baland togʻli qismida. Myunxenda iyulning oʻrtacha t-rasi 17ʻ, yiliga 935 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Dunay havzasiga mansub, koʻl koʻp. Hududining 1/3 qismi oʻrmon bilan band; togʻ yaylovlari bor. B. hududida germanlarning bavar qabilasi yashagan. 1070—1180-y. lar Bavariyada velf qabilasi hukmronlik qilgan. 1180— 1918-y. lar Vittelsbaxlar sulolasi idora qilgan. 1806-y. dan qirollik va Reyn ittifoqi aʼzosi. 1871-y. dan Germaniya imperiyasi tarkibida. 1945-y. dan Amerika okkupatsiya zonasi, 1949-y. dan esa GFR tarkibiy qismi.

Bavariya — industrial-agrar r-n. Elektr energiyasining yarmini GESlar beradi. Urushdan keyingi yillarda neftni qayta ishlash ( Ingolshtadt, Nyoyshtadt) va neft kimyosi sanoati bunyod etilgan (neft Marsel, Genuya, Triyest portlaridan quvurlar orqali keltiriladi). Bavariya GFR alyuminiy mahsulotining 1/3 qismini beradi (Tyoging). Sanoatning yetakchi tarmogʻi mashinasozlik: elektrotexnika, (Myunxen, Nyurnberg, Erlangen), umumiy mashinasozlik (Augsburg, Ashaffenburg), transport mashinasozligi, jumladan avtomobilsozlik (Myunxen, Augsburg, Ingolshtadt) va samolyotsozlik (Augsburg), aniq mexanika (Nyurnberg). Toʻqimachilik (Xof, Augsburg) va tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati ham muhim oʻrin tutadi.

T. y. asosan elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻli koʻp, Dunay, Mayn daryolarida kema qatnaydi. Bavariyada Bavariya FA (1759-y. tashkil etilgan) va 3 ta un-t bor.


Lotin alifbosida maqola: BAVARIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
XITOY
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты