BUZGALAXONA

BUZGALAXONA, Buzgala (toj. buzgʻola — tog echkisi, kiyik) — Boysun togʻlaridagi tor dara (Surxondaryo viloyatida). Shahrisabz bilan Termiz oraligida, granit va porfirdan tuzilgan. Uz. kariyb 3 km, eni 12—20 m. Bu dara tojikcha Darbandi ohanin (yoki Darai ohanin — «Temir darvoza»), arabcha Bobulabvob yoki Bobulhadid («Temir darvoza»), moʻgʻulcha Qahlugʻ («Boburnoma»da) yoki Temir Qahlaqa («Jome attavorix»da, (xaalgan) — «darvoza» soʻzining buzilgan shakli), oʻrta asrlarda turkiyda Temir qapigʻ deb ham atalgan. Bir vaqtlar bu dara temir darvoza bilan toʻsilgan degan afsona ham bor. Hindiston bilan Samarqand orasidagi qad. karvon yoʻli ana shu daradan oʻtgan.


Lotin alifbosida maqola: BUZGALAXONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SURXONDARYO VILOYATI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
Abdurashid Yo'ldoshev, Sarbon guruhi - Shahrisabz
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты