ATOM ELEKTR STANSIYASI (AES) — texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr st-yalari turiga kiruvchi elektr st-ya. Oddiy issiqlik elektr st-yalari (TES)da kumir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, AESda yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. AESning asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktoroʻ. 4 tipi qoʻllaniladi:
1) suv-suvli (bunda susaytirgich modda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi);
2) grafit-suvli (suv — issiqlik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi);
3) ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi);
4) gra-fitgazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi).
Zamonaviy atom energetikasida asosan uran-235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10% ini tashkil qiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vaqngacha taʼminlay olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran233 olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer bagʻrida yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilgʻilari yerdagi energetik resursni taxm. 1000 baravar oshiradi. Hoz. yoqilgʻi ishlab chiqaradigan koʻpaytiruvchi atom reaktorlarida yoqilgʻi miqdorini ishlash jarayonida ortgirish mumkin. Mas, ikki marta koʻpaytirish uchun taxm. 10 yilgacha vaqt kerakligi maʼlum. Demak, odamzod atom yoqilgʻisisiz qolmaydi.
Atom energiyasi xalqaro agentligining xabar berishicha, 1985-y. oxirida dunyoning 26 mamlakatida atom elektr st-yalarida umumiy quvvati 248577 MVt boʻlgan 374 reaktor ishlab turgan. Shulardan umumiy quvvati 77851 MVt boʻlgan 93 reaktorli AQSH birinchi oʻrinda, qolganlari esa Fransiya (37533 MVt), sobik, SSSR (26803 MVt), Yaponiya (23665 MVt), sobik. GDR (16429 MVt) va Angliya (10120 MVt). Dunyoning koʻplab boshqa mamlakatlarida ham AES lar ishlab turibdi. Hoz. vaqtda xalq xoʻjaligining elektr energiyasidan foydalanmaydigan biror sohasini topish qiyin. Shuning uchun elektr energiyasi i. ch. yildan yilga ortib bormoqda. Mac, 1980-y. da dunyoda ishlatilgan elektr energiyasining 5,6%, 1985-y. da — 10,8% va 1988-y. da — 27% Taqqoslash uchun 1987-y. AQSH ishlatgan energiyasining 19%, Buyuk Brita-niyada 19%, Yaponiyada 30%, GFRda 34%, Fransiyada 76% AESlarda ishlab chiqilgan. Lekin 1986-y. apr. da Chernobil (sobiq SSSR) AESda boʻlib oʻtgan katta avariya butun dunyo AESlar qurilishi rejalarini buzib yubordi. AQSHda qurilish ishlari sekinlashtirildi, Skandinaviya mamlakatlarida esa butunlay toʻxtaddi. Ammo yer yuzidagi energiya manbalari hisoblanmish — neft, gaz, kumir zaxiralari cheklanganligidan iloj yoʻq. Atom energiyasi manbai uran va toriyning yer yuzidagi zaxiralari dunyo xalqlarining energiyaga boʻlgan talabini bir necha ming yillar davomida qondirib turish uchun yetarlidir. Kelajakda AESlar yetarli darajada rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining umumiy energetika balansida yetakchi oʻrinni egallaydi.