ALYUMINIY SULFAT

ALYUMINIY SULFAT, A12(SO4) 3 — sulfat kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy sharoitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida boʻladi. 100 g suvda 36,15 g eriydi, spirtda erimaydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini yoʻqotadi, yuqori t-rada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga parchalanadi. Ishqoriy metallarning sulfatlari bilan birikib, qoʻsh tuzlar — achchiqtoshlar hosil qiladi. Texnik Alyuminiy sulfat boksit yoki giltuproqqa sulfat kislota taʼsir ettirib, sof holdagi Alyuminiy sulfat esa alyuminiy gidroksidni qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy sulfat suv tozalash, qogʻoz i. ch., toʻqimachilik va teri oshlash sanoatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ALYUMINIY SULFAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALYUMINIY
ALYUMINIYLI ACHCHIQTOSHLAR
ALYUMINIY NITRAT
BOR
ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты