AVTOMATIK TUTASHTIRISH

AVTOMATIK TUTASHTIRISH (kosmonavtikada) — kosmik apparatlar orbitaga alohida-alohida chiqarilgandan soʻng ularni avtomatik usulda ulash. Kosmik apparatlarni orbitada taʼmirlash, kosmik st-yalarni orbitada yigʻish, yonilgʻi, yordamchi jihoz va raketalar bilan taʼminlash, avariya holatlari yuz berganda kosmonavtlarni qutqarish va b. ga imkon beradi. Avtomatik tutashtirish texnik jihatdan juda murakkab ish boʻlib, kosmik apparatlar orbitaga chiqarilganda ularning orbita tekisliklari ustma-ust tushishini, apparatlarning bir-biriga qattiq urilib ketmasligini, bir-biriga tomon juda aniq va ohista yoʻnaltirilishini talab qiladi. Bu ishlar Yerdagi maxsus styalardan yoki kosmonavtning boshqarish pultidan boshqarib turiladi. Dunyoda birinchi marta 1967-y. 27 va 30 okt. larda uchirilgan Yer sunʼiy yoʻldoshlari — «Kosmos-186» va «Kosmos-188» avtomatik tarzda ulandi. Ular ulangan holda 3 yarim soat davomida Yer atrofida ikki marta aylanib chiqqandan soʻng yana ajratilib,-31 okt. da «Kosmos-186» Yerga qoʻndirildi. Keyinchalik «Soyuz», «Salyut» va amerika «Apollon» dasturidagi kosmik kemalar tutashtirildi.


Lotin alifbosida maqola: AVTOMATIK TUTASHTIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
KOSMONAVTIKA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты