BADIIY SANOAT

BADIIY SANOAT — maishiy muhitni bezash uchun xizmat qiladigan amaliy bezak sanʼati buyumlari (kiyim, mato, gilam, mebel, badiiy shisha, chinni, zargarlik buyumlari va h. k.)ni sanoat usulida tayyorlash. Keng isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan sanoatning bir qismi boʻlgan Badiiy sanoat mahsulotlari nafis shakli, bezaklarining yechimi b-n asl amaliy bezak sanʼati asariga aylanadi. Badiiy sanoat mahsulstlarining har bir turida shu mahsulotning asl nusxasi (birinchi namunasi)ni tayyorlagan rassom, naqqosh, dizaynerning mahorati muhim ahamiyatga ega. Ilk namunani yaratgan muallifning shaxsan oʻzi va b. bir guruh rassom, muhandis, texnologlar, ijrochi ishchilar jamoasi nazorati ostida shu namuna — nusxa asosida mahsulot (mashinalar vositasida) ommaviy va turkumlarda chiqariladi. Badiiy sanoat korxonalarining koʻpchiligida badiiy buyumlar tayyorlash (sopol, chinni, metall buyumlarga gul, naqsh ishlash, tasvir chizish, boʻrtma naqshlar hosil qilish, badiiy ishlov berish, kashta tikish va b.)da qoʻl mehnatining hissasi katta. Biroq Badiiy sanoat korxonalari xalq badiiy hunarmandligi korxonalaridan asosan mashinalarda ishlashi bilan ajralib turadi.

Badiiy sanoat badiiy hunarmandlikdan ajralib sanoatning bir tarmogʻiga aylanishi shaharlarning paydo boʻlishi, hunarmandlik, artel va birlashmalar (qurolsozlar, toʻqimachilar, zargarlar va b.)ning tadrijiy rivoji bilan bogʻliq holda kechdi. Bu oʻz navbatida amaliy bezak buyumlarining yangi turlarini paydo boʻlishiga olib keldi, ularni tayyorlash usullarining oʻzi ham oʻzgardi. Yevropada boshqa sohalarga qaraganda badiiy mato i. ch., shisha va kulollik buyumlari tayyorlash jadal rivojlandi, chinni i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Rossiyada chinni va toshtaroshlik buyumlari va b. tayyorlash jadal rivojlandi. Sharq mamlakatlarida to 19 — 20-a. largacha badiiy i. ch. uzoq vaqt hunarmandlik darajasida qoldi.

18 — 19-a. larda sanoatda tub burilish roʻy berdi, badiiy buyumlar (ipak va parcha mato) i. ch. bilan bir qatorda sanoatda ipgazlama tayyorlash va chitga gul bosish yoʻlga qoʻyildi. Bu davrda badiiy buyumlar sifati keskin pasayib ketdi. Badiiy sanoat mahsulotlari arzonligi bilan badiiy hunarmandlik mahsulotlarini siqib chiqara boshladi, dastlab qoʻl mehnati asosida tayyorlangan buyum shakllari uslubiy yechimi bilan ajralib turadigan yomon koʻrinishlarda takrorlandi.

19-a. oxiri — 20-a. da badiiy kuchni sanoatga keng jalb etish kuchaydi, bu esa badiiy loyihalash (dizayn)ning dastlabki shakllarini yuzaga keltirdi, Badiiy sanoat rivojiga zamin yaratdi. 20-a. oʻrtalaridan texnika taraqqiyoti yana amaliy bezak sanʼati bilan dizaynning raqobatlashuvini kuchaytirdi. 60-y. lardan Badiiy sanoat buyumlari gʻoyaviy mazmuni, rang-barang shakli va bezak mutanosibligi bilan ahamiyatga ega boʻldi. Qad. hunarlar usulini zamonaviy mashinalar vositasida tayyorlash anʼanasi kuchaydi. Badiiy madaniyatning muhim sohalaridan boʻlgan zamonaviy Badiiy sanoatning bosh vazifasi sanʼatni maishiy hayotga tatbiq etishdan iborat. Ommaviy ahamiyatga ega boʻlgan roʻzgʻor buyumlarining yangi shakllari ustida izlanishlar jadal olib borilmoqda. Xom ashyoning oʻziga xos estetik xususiyatlari va tayyorlash jarayoni xususiyatlari kulollik, badiiy shisha, metall va toʻqimachilik buyumlari turlari va h. k. da namoyon boʻladi.

Oʻzbekistonda Badiiy sanoat 20-a. 20-y. larida dastlab badiiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan artellar tarzida vujudga keldi, bu artellar 40 — 50-y. lar mobaynida yiriklashtirildi, z-d, f-ka, k-tlar birlashmalarga aylantirildi. Respublikaning qad. kulolchilik markazlarida badiiy kulolchilik korxonalari (Rishton, Gʻijduvon, Xiva va b.) vujudga keldi, zardoʻzlik qadimdan rivojlangan joylar (mas, Buxo-ro)da zardoʻzlik korxonalari tashkil topdi. 70 — 80-y. larda Badiiy sanoat amaliy sanʼatning badiiy buyumlar tayyorlaydigan asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. 90-y. lardan OʻzRning baʼzi viloyatlarida xalq badiiy hunarmandchilik Respublika sanoat birlashmalari tashkil topdi. Hozir viloyatlar hokimliklariga va Toshkent sh. hokimligiga boʻysunuvchi mahalliy sanoat kompaniyalari ixtiyorida badiiy buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar tizimi mavjud: «Sharq guli» badiiy hunarmandchilik birlashmasi, Toshkent chinni z-di, Toshkent zargarlik z-di, Chust milliy pichoq z-di, «Atlas» firmasi, Buxoro zardoʻzlik f-kasi va b.


Lotin alifbosida maqola: BADIIY SANOAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ALISHER NAVOIY
BEZAK SANʼATI
BEZASH SANʼATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты