AVTOMASHINIST

AVTOMASHINIST — poyezd haydashda mashinist ishini bajaruvchi avtomatik qurilma. Poyezdni soatiga 50 km dan tez haydashda barcha jarayonlarni toʻla avtomatlashtiruvchi avtomatik boshqarish tizimining muhim qismi. Poyezdlar orasi (intervali) qisqa boʻlgan hollarda (metropoliten, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlar va h. k. da) samarali hisoblanadi. Avtomashinist harakat jadvalining aniq bajarilishini taʼminlashga, tezlikni soatiga 5 km aniqlikda saqlab turishga, yetti xil tezlik ichidan istalgan birini eng yuqori qiymatgacha chiqarishga, poyezd tezligini tez-tez oʻzgartirib haydashga imkon beradi. Avtomashinist uchastkalarning poyezdlar oʻtkazish imkoniyatini yaxshilaydi, mashinistning ishini yengillashtiradi. Avtomashinist tizimi harakatni boshqarish jarayonida qatnashuvchi boshqa avtomatik tizimlar bilan doimiy bogʻliq boʻladi. U lokomotivdagi avtomatikaga taʼsir qiladi, avtodispetcher va avtoblokirovka «buyruq»lariga boʻysunadi. Oʻzbekistonda istiqbolda Avtomashinist temir yoʻl uchastkasi va umuman yoʻddagi qatnovni kompleks avtomatik boshqarish tizimining tarkibiy qismiga aylanadi.


Lotin alifbosida maqola: AVTOMASHINIST haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты