AVOMETR

AVOMETR, ampervoltommetr — oʻzgarmas va oʻzgaruvchan (yuqori chastotali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan universal kuchma asbob. A. larning oʻlchash chegaralari turlicha boʻladi. Ular magnitoelektrik va toʻgʻrilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasalgan Avometrlar yerdamida oʻzgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi, toʻgʻrilagich tizimda yasalgan Avometrlar yerdamida esa ham oʻzgarmas, ham oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi.

Avometrlar, asosan, magnitoelektrik oʻlchash mexanizmi va yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich birikmasidan iborat. Avometr larning tokni oʻlchash chegarasi shunt qarshiligi yerdamida, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash chegarasi esa qoʻshimcha qarshiliklar yerdamida kengaytiriladi.


Lotin alifbosida maqola: AVOMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VOLTOMMETR
VOLTMETR
YER
VENTILLI UZGARTIRGICH
LAZER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты