BRAYL SHRIFTI

BRAYL SHRIFTI — boʻrtma nuqtalardan iborat shrift. Koʻzi ojizlar oʻqish va yozishi uchun moʻljallangan. L. Brayl tomonidan yaratilgan. Brayl shrifti asosida 6 nuqtani turli vaziyatda uygʻunlashtirish yotadi. Ixtirochi lotin alifbosidagi harflar tartibini qabul qilgan. Alifboning oldingi harflarini belgilash uchun 6 nuqtaning yuqori va oʻrta nuqgalaridan (rasmga q.) foydalanilgan. Keyingi harflarni belgilash uchun qoʻsh nuktalar chapdan, soʻng chap va oʻngdan, undan keyin oʻngdan qoʻshilgan. Mazkur belgilar bilan oʻzbekkirill va oʻzbeklotin harflari ham ifodalangan. 6 nuqganing turli holatdagi uygʻunlashuvidan sonlar, tinish belgilari, mat., kimyo va nota belgilarini ham ifodalash mumkin.

Brayl shriftida dastlabki kitob Fransiyada 1837-y. chop etilgan. Oʻzbekkirill alifbosi ifodalangan Brayl shriftida uzbek yozuvchilaridan A. Qodiriy («Oʻtgan kunlar») va V. Gʻafurov («Vafodor») asarlari nashr qilingan.


Lotin alifbosida maqola: BRAYL SHRIFTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TINISH BELGILARI
ABDULLA QODIRIY
FRANSIYA
LOTIN ALIFBOSI
NOSHIRLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты