BISSINOZ (yun. byssos — tuk, tola) — texnika oʻsimliklarining tolali mahsuloti (paxta, jut, kanop) changining organizmga nafas yoʻllari orqali uzoq vaqg kirib turishi natijasida kelib chikddigan kasallik; pnevmokoniozlarning bir turi. Paxta tozalash z-dlarida past navli paxtani tozalashda, paxta titish va saralash sexlarida uzoq ishlayotgan ishchilarda uchrashi mumkin. Bissinozda oʻpkada biriktiruvchi toʻkima juda kam rivojlanib, asosan surunkali bronxit, keyinchalik oʻpka emfizemasi, baʼzan bronxial astma paydo boʻladi. Kasallikda 3 bosqich farq qilinadi: 1bosqichda faqat nafas yoʻllari zararlanadi, bronxlar torayadi va bronxit belgilari namoyon boʻladi, bemor quruq yoʻtaladi, kukrak qafasi bir oz qisiladi, lekin ish qobiliyatini yoʻqotmaydi, 1—2 kunda tuzalib ketadi; 2bosqich paxta tozalash z-dlarida uzoq yil ishlayotganlarda uchraydi: nafas yoʻllari uzluksiz taʼsirlanishi natijasida surunkali bronxit va emfizema ancha rivojlanib, oʻpkaning hayotiy sigʻimi kamayadi: xarsillash kuchayib, bemor tinmay yoʻtaladi, balgʻam tashlaydi, nafasi qisilib, nafas va yurak faoliyati buziladi, vaktvaqgi bilan ish qobiliyatini yoʻqotadi va bronxial astmaga chalinib qoladi; 3bosqich ogʻir surunkali bronxitga oʻtish jarayoni boʻlib, koʻpincha surunkali pnevmoniya ham qoʻshiladi; oʻpkaning xayotiy sigʻimi kamayishi natijasida nafas va yurak faoliyati susayadi, bemorning nafasi qisadi, havo yetishmaydi, burni, labi va barmoklarining uchi koʻkimtir tusga kiradi. Tinmay yoʻtaladi, balgʻam tashlaydi, ish qobiliyatini butunlay yoʻqotadi. Davo kasallik bosqichi va ogʻirengilligiga karab tayinlanadi. Bemorni asosan yoʻtalga qarshi, balgʻam koʻchiruvchi va yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar bilan davolanadi.
Bissinozning oldini olish uchun ish joyini shamollatib turish, sanitariya holatini yaxshilash, mehnatni muhofaza kilish va ijtimoiymaishiy shartsharoitlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish lozim. Ishchilarni ishga qabul qilishdan oldin va ikki yilda bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish zarur.
Toʻlqin Iskanderov.