BOLGʻA

BOLGʻA — zarb berish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Kallak va dastadan iborat. Bolgʻa kallagi, odatda, uglerod (0,4—0,6%S) li poʻlatdan, dastasi asosan yogʻochdan yasaladi. Kallakning har ikki tomoni toblanadi. Bolgʻa larning turli xillari.,mas, yogʻoch B., yumshoq muhrali Bolgʻa, tepmaydigan (urganda sakrab ketmaydigan) Bolgʻa, xavfsiz (zarb paytda detalni berkitib turuvchi) Bolgʻa bor (rasm). Miskarlikda:

1) xoyis (xoyisk) yoki xoyischorsi Bolgʻa — misni yupqalashda; 2) xoyis bagʻal, kapchin yoki chambar Bolgʻa — misni yoyibyigʻishda;

3) nimchorsi Bolgʻa — misda qolgan izlarni ketkazishda; 4) yumaloq Bolgʻa — mis idishlarning ichki tomoniga ishlov berishda;

5) teruv Bolgʻa — mis idishlarning yuzini silliklashda ishlatiladi. Temirchilik, taqachilik va pichoqchilikda:

1) metin Bolgʻa — ketmon qirgʻogʻidan yelka chiqarishda;

2) dasxoyis Bolgʻa — temirchi, taqachi va pichoqchilar bosqonchi bilan birga ishlaganda;

3) teruv B. — ketmonning orqaoldini, taqaning yuzini tekislashda;

4) dusara B. — ketmon zoʻgʻatasining chetini qaytarishda; 5) barchinxoyis B. — kushpichoq yasashda ishlatiladi vab. Texnikada metallga zarb bilan ishlov (shakl) beradigan asbob. Temirchilikshtamplashda ishlatiladi. Bugʻhavo, pnevmatik, mexanik va gidravlik yuritmali, elektr turlari bor (yana q. Bolgʻalash mashinasi, Bosqon).


Lotin alifbosida maqola: BOLGʻA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BOLTA
ALISHER NAVOIY
AMALIY SANʼAT
Radius 21 - Chagaev


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты