BOLGʻALASH MASHINASI

BOLGʻALASH MASHINASI — metall zagotovkalarga zarb va bosim bilan ishlov beradigan mashina. Bolgalash, hajmiy va yassi shtamplashda ishlatiladigan xillari bor. B. m. ning bugʻ yoki qisilgan havodan ishlaydigan bugʻhavo, ish porshenlari va kompressor porshenlari orasidagi havoning siqilishi va siyraklanishi hisobiga ishlaydigan pnevmatik, harakatlanuvchi qismlari dvigatel b-n mexanik tarzda bogʻlangan mexanik, yuqori bosimli suyuqlik bilan harakatga keltiriladigangidravlik vab. turlari bor (rasm). Ishlash usuliga koʻra oddiy (tushuvchi) va qoʻsh harakatli (tushuvchi qismlari qoʻshimcha tezlashtirilgan) Bolgʻalash mashinasi boʻladi. Kinematik bogʻlangan 2 ta babali (muhrali) shabotsiz Bolgʻalash mashinasida babalar bir-biriga tomon bir xil tezlikda harakatlanadi, natijada zarbiy energiya asosga taʼsir qilmaydi. Yuqori tezlikda ishlaydigan Bolgʻalash mashinasi keng tarqalgan (q. Bosqon).


Lotin alifbosida maqola: BOLGʻALASH MASHINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVTOMOBIL
Radius 21 - Chagaev
AVIATSIYA
BUYUK BRITANIYA
BOLGʻA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты