BOʻZSUV MAKONLARI

BOʻZSUV MAKONLARI — Boʻzsuv kanali yonida joylashgan ibtidoiy odamlar makonlari. Toshkent sh. dan 12— 15 km shim. gʻarbda. Makonlardan biri — Shoimkoʻprikni (1901) A. P. Pavlov, ikkinchisi — Shoʻralisoy yoqasidagini (1955) O. I. Islomov topgan. Shoimkoʻprik makonini G. V. Parfenov, Shoʻralisoy yoqasidagi makonni A. P. Okladnikov oʻrgandi. Har ikkala makondan mustye va yuqori paleolit davriga xos pichoqsimon plastina, qirgʻich, nukleus, chaqmoqgoshdan yasalgan qurollar va turli hayvonlar suyagi topildi. Boʻzsuv kanali yoqalab olib borilgan keyingi tekshirishlar natijasida paleolit davriga oid Boʻzsuv III, IV va V kabi yangi makonlar ochildi. Boʻzsuv makonlarida olib borilgan i. t. ishlari bu yerdagi ibtidoiy odamlar mustye va yuqori paleolit davrida yashagan boʻlib, yodgorlikning yuqori paleolit bosqichida uning aholisi urugʻ jamoasi boʻlib yashaganligini koʻrsatdi.


Lotin alifbosida maqola: BOʻZSUV MAKONLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IBTIDOIY JAMIYAT
TOSHKENT VILOYATI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты