BOʻRITAROQ

BOʻRITAROQ, gʻoʻzarak (Hibicsus trionum L.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 10—70 sm, sershox. Barglari uch boʻlakli, choʻziq, tubigacha patsimon boʻlakchalarga ajralgan. Gullari sariq, uzun gulbandlarda yakkayakka joylashgan. Asosida qirmizi rangli dogʻlari bor. Mevasi koʻsakcha. Issiq va namsevar oʻsimlik. Nihollari mart — mayda koʻkaradi. Iyun — avg. da gullaydi, iyuldan okt. gacha mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 15 ming urugʻ beradi. Urugʻlar tuproqning 6—8 sm chuqurligida 57 yilga qadar yashovchanligini saqdab qoladi, harorat 5—6°da unib chiqadi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik r-nlarida koʻp tarqalgan. Boʻritaroq paxta maydonlari, chopiq qilinadigan ekinlar orasida, shuningdek yoʻl, ariq yoqalari, tashlandiq yerlar va bogʻlarda uchraydi.

Kurash choralari: ekish oldidan urugʻni tozalash, yerni boronalash, qator oralariga ishlov berish, maysa koʻkarmasdan gerbitsidlar sepish va b.


Lotin alifbosida maqola: BOʻRITAROQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Shaxriyor - Tashlandiq
ALMASHLAB EKISH
BEDA
ANDIJON VILOYATI
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты