BUGʻ TURBINASI

BUGʻ TURBINASI — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi i. ch. bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi. Muqim (statsionar) va transport (kemaga oʻrnatiladigan) xillari bor. Mukim Bugʻ turbinasiga kondensatsiya turbinalari, teplofikatsiya turbinalari va b. kiradi. Deyarli barcha Bugʻ turbinasi koʻp pogʻonali hisoblanadi. Bir va koʻp (4 tagacha) korpusli, bir va koʻp (3 tagacha) valli qilib ishlab chiqariladi. Bugʻ turbinasi markazdan qochirma havo haydagichlar, kompressorlar va nasoslarni harakatga keltirish uchun ham ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: BUGʻ TURBINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ALISHER NAVOIY
BUYUK BRITANIYA
AVIATSIYA DVIGATELI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты