AHMADJON QOʻSHNAY

AHMADJON QOʻSHNAY (Umrzoqov) (1888, Qoʻqon-1959.7.11, Toshkent) — xalq sozandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Mehnat Qahramoni (1930). Roʻzimat Mehtar, Hamroqul Surnaychi, Xoliq Qoʻshnaychilarning shogirdi. Bayot, Dugohi Husayniy, Ushshoq kabi maqom yoʻllarida Muhammad Umar, Abdukahhor Hofiz, Abdurahmon hoji, Nazirxon, Shobarot tanburchilarning joʻrnavozi. 1917-y. dan soʻng Hamza Hakimzodaning «Sayyor truppa»sida ishlagan. Hamzaning «Zaharli hayot», «Fargʻona fojiasi», «Pochcham keldi», «Roʻziqul kal», «Qalampir Hoji», «Tuhmatchilar jazosi» asarlariga musiqa bastalagan. 1926-y. dan «Etnografik truppa»da, Musiqa va xoreografiya in-ti (1928, Samarqand)da, keyinroq Oʻzbek musiqa teatri (Samarqand, 1927 — 30)da xizmat qilgan. 1935-y. da Kurd, Eshvoy, Karimqulbegi, Metro, Daromadi Ushshoq, Dugohi Husayniy, Bachavotir, Mirzadavlat, Shodiyona kabi soz yoʻllarini ijro etib, gramplastinkalarga yozdirgan. U Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrini tashkil etishda ishtirok etgan. 2-jahon urushi yillarida Yangiyoʻldagi musiqali drama va komediya teatrida ishlagan. Uning repertuarida 200 ga yaqin kuy boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: AHMADJON QOʻSHNAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ANDIJON VILOYATI
BUXORO XONLIGI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ASHURALI MEHTAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты