ANTARKTIDA

ANTARKTIDA — Antarktika Jan. kutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Mayd. 12,4 mln. km2, shelf muzliklari va ular orqali materikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km2. Doimiy aholisi yoʻq. Oʻrtacha bal. 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort togʻidagi Vinson choʻqqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy styalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining jan. qismlari (Jan. okean) bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, koʻpincha bir necha oʻn m keladigan tik muz jarliklaridan iborat. Materikka Ross va Ueddell dengizlari ancha kirib turadi.

Muz qoplami va relyefi. Antarktidaning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxm. 13,0 mln. km2). Muzning oʻrtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxm. 24 mln. km3. Yer sharidagi hoz. muzliklarning maydoni jihatdan 87% A. dadir. Muzdan xoli yerlar voha koʻrinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy st-yalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atrofiga siljib, dengizga tushib boradi va koʻpincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy st-yasi yaqinida muzning yillik harakati 30 — 40 m dan 350 — 400 m gacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga oʻnlarcha km kirib boradi. Muz ostidagi relyef chuqur boʻlgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri togʻ tizmasidadir. Birdmor muzligining uz. 180 km, eni 15 — 20 km. Bir-biriga yaqin boʻlgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar — shelf muzliklari hosil boʻlgan. Antarktidada 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi — 488 ming km2); bu muzliklarning umumiy mayd. taxm. 900 ming km2. A. relyefi 3-Xalqaro geofizika yiliga qadar yaxshi oʻrganilmagan edi. Rossiya, Angliya va Amerika A. ekspeditsiyalarining ishlari natijasida Antarktida yer yuzasi dengiz sathidan («Polyus nedostupnosti» st-yasi yaqinida) 800 m, geofizik qutbda 1285 m (Amundsen-Skott st-yasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika — Berd st-yalari oraligi dengiz sathidan 1000 m past ekanligi aniqlandi. Antarktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxm. 4000 m boʻlib, Sovetskoye platosi yaqinidadir. Antarktida — yer yuzasi juda past-baland materik boʻlib, juda koʻp orollar bilan oʻrab olingan. Geologik tuzilishi va relyefi xususiyatlariga koʻra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining jan. qismlarini birlashtirib turadigan chiziq boʻylab Sharqiy Antarktida va Gʻarbiy Antarktidaga boʻlinadi.

Sharqiy Antarktidaning koʻp qismi (butun materikning taxm. 3/4 qismi) yaxlit boʻlib, xdmma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo boʻlgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kristall slanes) ustida ancha yosh choʻkindi yotkiziklar (devon davridan trias davrigacha paydo boʻlgan jinslar) — qumtosh, oxaktosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshkoʻmir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan te-mir rudasi, slyuda, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, 20° Grinvichdan gʻarbga 0° Grnnvichdan sharqqa 20ʻ grafit va b. ham kad. jinslar bilan bogʻliq; Yer poʻstining sinishi va yorilishi hamda yovdosh joylarning koʻtarilishi va pasayishi Sharqiy Antarktidaning hoz. relyefini hosil qilgan. Yer poʻsti yorilganda kuchli vulkanlar otilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulkan konuslarini hosil qilgan (Gaussberg togʻi). Vulkan otilishlari hozir ham tingan emas (Ross o. dagi Erebus vulkani — 3794 m). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda togʻ tizmalari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra togʻi (4572 m), Markem togʻi (4350 m), Nyu-Shvabenlend togʻlari bor. Gʻarbiy Antarktida (Ross dengizining gʻarbiy sohilidan Greyam Yerigacha) ning koʻp qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat boʻlib, ancha keyin paydo boʻlgan burmali togʻ tizmalari b-n oʻralgan.

Iqlimi. Antarktidada sohillarini istisno qilganda, kontinental qutbiy iqlim hukmron: t-ra hamma vaqt 0° dan past boʻladi va yogʻin juda kam yogʻadi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland boʻlganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz paytlarida materik chekkalarida siklonlar paydo boʻlib, ichki r-nlarga ham kirib boradi. Yozda (dek., yanv., fev.) A. da bulutsiz kunlar koʻp boʻladi, shuning uchun quyosh nisbatan koʻproq ilitadi, lekin quyosh nuri muzdan koʻp qaytadi (oʻrta hisobda 90%), oqibatda quyosh issiqligi Shim. yarim sharning xuddi shu kengliklaridagiga nisbatan 4 — 5-marta kam. Materikning markaziy qismida eng sovuq oylarning oʻrtacha t-rasi — 60°, —70°, yoz oylariniki — 30° dan —50° gacha; sohilda qishda — 8° dan — 35° gacha, yozda 0 — 5° boʻladi. Oʻrtacha yillik t-ra — 50° ga yaqin. Mutlaq minimum — 89,2° (Vostok st-yasi). Bu esa butun Yer sharida eng past tradir. Yer yuzasi sovuq va atrofdagi dengizlar iliqroq boʻlganidan tez-tez kuchli shamollar boʻlib turadi (baʼzan shamol tezligi sekundiga 90 m ga boradi).

Yogʻin eng koʻp (700 — 1000 mm) yogʻadigan zona dengiz sohili boʻlib, eni 15 km ga yetadi: ichki r-nlarda yiliga atigi 30 — 50 mm yogʻin tushadi. Iliq paytlarda ham koʻpincha qor yogʻadi. Havoning nisbiy namligi oʻrta hisobda 73 — 78%.

Oʻsimliklari. Oʻsimlik turlari (lishayniklar, zamburugʻlar, bakteriya va suvoʻtlar) kam va oʻziga xos, ammo ular materikning eng sovuq joylarida ham uchraydi.

Hayvonlardan tyulenlar (ueddell tyuleni, qisqichbaqaxoʻr tyulen, dengiz qoploni, ross tyuleni, dengiz fillari) va qushlardan pomornikning ikki turi, adeli va imperator pingvinlari uchraydi.

Tadqiq qilinish tarixi. 1820-y. da Antarktida qirgʻogʻiga F. F. Bellinsgauzen — M. P. Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi kemalari yaqinlashib borgan. Materikning umumiy qiyofasi 19-a. da xaritaga tushirilgan. Antarktidada 1898 — 1900-y. larda norveg tadqiqotchisi K. Borxgrevink birinchi marta (Viktoriya Yerida) qishlagan. 20-a. boshlarida qutb tadqiqotchilari R. Skott (1901 — 04, 1910 – 12), E. Sheklton (1907 – 09), R. Amundsen (1910 – 12), D. Mouson (1911 — 13) va b. materikning ichki r-nlarigacha bordilar. 1909-y. 16yanv. da Sheklton ekspeditsiyasi katnashchilari Jan. magnit qugbiga, 1911-y. 11 dek. da R. Amundsen, 1912-y. 18 yanv. da esa R. Skott Jan. geografik qutbga yetib bordilar. 1928-y. dan Antarktida samolyotlar yordamida oʻrganila boshladi. Ani oʻrganish sohasida amerikalik J G. Uilkins (1928 — 30), ingliz L. Elsuort (1935 – 36, 1938-39), amerikalik R. E. Berd (1928 — 30; 1933 — 35; 1939 — 41; 1946 — 47) va Finn Ronne (1946 — 48) anchagina ish qildilar.

Xalqaro geofizika yili (1957 — 58) munosabati bilan va soʻnggi davrlarda turli mamlakatlarning ilmiy qutbiy st-yalari qurilgan, 1991-y. ga kelib 48 ta ilmiy st-ya ishlab turdi.


Lotin alifbosida maqola: ANTARKTIDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATLANTIKA OKEANI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ANTARKTIKA
AFRIKA
ARKTIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты