ARKTIKA (yun. arkticos — shimoliy) — Yer sharining Shim. qutbiy oblasti. A. Shimoliy Muz okeani, undagi orollarni (Norvegiya qirgʻoqlariga yaqin orollardan tashqari), Atlantika va Tinch okeanlarining shim. qismlarini hamda Yevrosiyo va Shim. Amerikaning shim. chekka qismlarini oʻz ichiga oladi. Odatda Arktikaning jan. chegarasi Shim. qutbdoirasiga deyarli toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni taxm. 21,3 mln. km2, shundan 14,2 mln. km2 suv yuzasiga toʻgʻri keladi. Arktikaning quruqlik qismi Rossiya, Kanada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya) va Norvegiya (Shpisbergen) hududlarining bir qismini oʻz ichiga oladi. Tabiiy xususiyatlariga koʻra, Arktika orollarining koʻproq (shim.) qismi Arktika muz zonasiga, materik qismi va jan. orollar tundra zonasiga kiritiladi. Rossiya Arktikasining shim. qismini oʻzlashtirishda shu yerdan oʻtadigan Shim. dengiz yoʻli katta rol oʻynagan.
Geologik tuzilishi. Arktika hududida asosan qad. kristall qalqonlar va platformalar, quyi paleozoy, yuqori paleozoy va mezozoy burmali strukturalari uchraydi. Uchlamchi davrning oʻrtalarigacha Arktikaning koʻp qismi quruqlik va iqlimi iliq hamda sernam boʻlgan. Soʻngra yer choʻkib, Shim. Muz okeanining asosiy botiqlari paydo boʻlgan. Ayni vaqtda suv osti tizmalari va ostonalar hamda Arktika quruqlik qismining ayrim joylari, ayniqsa, Osiyoning shim.-sharqi, Taymir, Ural, Grenlandiya va Elsmir o. koʻtarilgan. Bunday harakatlar toʻrtlamchi dav-rda ham davom etgan va baʼzi bir r-nlarda (Shpisbergen, Osiyoning shim.-sharqi va b. joylarda) vulkanlar otilib turgan. Toʻrtlamchi davrda iqlim sovib ketgan. Natijada muzliklar paydo boʻlgan. Bu muzliklar Arktikadan uzoq, masofagacha bostirib borgan. Arktikaning koʻpgina qismlarida, ayniqsa Grenlandiya dengizida va Laptevlar dengizida 6—8 ballgacha yer qimirlash va dengiz zilzilasi boʻlib turadi.
Foydali qazilmalari. Arktikada toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari, toshtuz, rangli va nodir metall rudalari, optika xom ashyosi va 6. foydali qazilmalar bor.
Relyefi. Yevrosiyo materik qismining yer yuzasi asosan Rossiya tekisligining, Gʻarbiy Sibir pasttekisligining shim. chekka qismlari va b. dan iborat. Shu bilan birga, bu srga baʼzi togʻlar ham kirib kelgan, bulardan Osiyoning shim.sharqidagi togʻlar, Taymir ya. o. dagi Birranga va Ural togʻlarining shim. qismi Arktikaning yirik togʻlaridir. Shim. Amerikaning materik qismida pastroq (asosan 200 — 400 m) yassitogʻliklar katta maydonni egallaydi. Arktika dagi barcha orollar kelib chiqishi boʻyicha materik orollardir va Grenlandiyadan boshqalari materik sayozligida urnashgan. Orollarning yer yuzasi kupincha togʻlardan ibo-rat. Eng baland togʻlar Grenlandiyaning sharqida (Gunbyorn togʻi 3700 m — A. ning eng baland choʻqqisi), Baffin Yerida va Elsmir oda. Materik sayozligining kengligi Yevrosiyo qirgʻogʻi yaqinida 1200 — 1300 km. Materik sayozligidan okeanning markaziy qismiga tomon qator tizmalar va balandliklar joylashgan. Ulardan eng yirigi Kanadasibir soyligini hamda Grenlandiya-Yevropa soyligini ajratib turadigan Lomonosov tizmasidir.
Iqlimi. Arktika iqlimining asosiy xususiyati yil davomida t-raning past bulishidir. Yozda ham quyosh pastda boʻlganidan yerni kam isitadi. Qishda esa havo haddan tashqari soviydi (qutb kechasi uzoqdavom etadi). Yilda 1 sm2 ga 50 — 80 kkal issiqlik tushadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi Atlantika boʻyi sektorining jan. da — 3° boʻlsa, markaziy qismida — 40° ga yetadi, iyulniki 10° dan (jan. chegarada) 0° gacha (markaziy qismida). Shim. qutb yaqinida eng past t-ra — 55°, — 60° va eng yuqori t-ra 6°.
Arktikaning markaziy qismida shamol u qadar kuchli bulmaydi, jan. chekkasida tez-tez kuchli (15 m/sek va undan ortiq) shamollar bulib turadi. T-ra past va bugʻlanish kam bulganidan havoda mutlaq namlik koʻp emas. Markaziy qismida yiliga 75 — 100 mm, jan. chekkasida 300 — 400 mm yogʻin yogʻadi. Arktikada qishda qor buronlari boʻlib, tuman tushadi. Hammayoqni bulut qoplab yotadi. Yozda yogʻin tez-tez yogib turadi. T-ra past boʻlganligidan muzloq yerlar koʻp. Baʼzi bir r-nlarda (Alyaska, Sharqiy Sibir) qazilma muzlar bor.
Ichki suvlari. Arktikaning materik qismida daryo kup. Bu daryolar yiliga 8 — 10 oy muzlaydi. Tundra zonasida, ayniqsa, Shim. Amerika va Yevropada kichik koʻl koʻp, okean suvining t-rasi past. Okeanning katta qismida ustki qatlamda (100 — 250 m chuqurlikkacha) t-ra yil davomida — G atrofida boʻlib turadi. Bugʻlanishning kamligi va quyiladigan daryolarning koʻpligidan dengiz suvi u qadar shur emas (30%o). Shim. Muz okeaniga Atlantika okeanidan yiliga 145 ming km3 iliq suv kelib uni ilitadi, okean orqali esa havo ham iliydi.
Dengiz muzlari. Arktika suv yuzasining koʻproq qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar (qishda 11 mln. km2 va yozda 8 mln. km2) bilan qoplangan. Bir yillik muzlarning qalinligi 0,8 — 1,3 m, koʻp yillik muzlarning qalinligi 3 — 4 m, torrs muzlarniki 10 — 15 m ga yetadi. Aysberglar va muz orollari uchraydi. Muzlar asosan Grenlandiya dengiziga tomon suzib boradi, ularni Arktikadan Sharqiy Grenlandiya oqimi olib ketadi. Baʼzi bir r-nlarda doimiy aylanma oqimlar ham bor. Ulardan eng yirigi Kanada sibir soyligidadir.
Muzliklari. Arktika orollari yer yuzasining ancha qismi qalin muzliklar bilan qoplangan. Ularning umumiy mayd. 2 mln. km2 dan ortadi. Shundan 1800 ming km2 Grenlandiyada, 56 ming km2 Arktikaning Rossiya qismida.
Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Oʻsimliklarning turlari kam. Grenlandiyada 450 ga yaqin, Novaya Zemlyada 208, Frans-Iosif Yerida 36 gulli oʻsimlik turi bor. Shim. qismida oʻsimlik ayniqsa siyrak. Bu yerlarda zamburugʻlar koʻproq oʻsadi. Jan. tundra zonasida yoʻsin, zamburugʻ, oʻt va butalardan iborat ikki yarusli yoki uch yarusli oʻsimlik turkumlari oʻsadi. Pakana qayin, tol, bagulnik oʻsadigan butazor tundralari bor. Dengiz suvlarida oʻsimlik va zooplankton juda kup. Arktikada baʼzi bir yirik sut emizuvchilar: quruqlikda oq ayiq, dengizda morj va tyulenlar yashaydi. Kanadaning shim. da va Grenlandiyada quchqorbuqa uchraydi. Arktikada parrandalar deyarli bulmaydi, yozda hamma yoqni kush bosib ketadi («qushlar bozori»): gaga, oʻrdak, kayra, chistik va b. Shim. Muz okeanining Atlantika oke-aniga yaqin qismida baliklar nihoyatda koʻp tuplanadi. Baliq koʻp ovlanadi. Daryolarning etaklarida omul, goles, sterlyad, nelma uchraydi. Arktikada sudralib yuruvchilar va amfibiyalar mutlaqo yoʻq. Tadqiq qilinish tarixi. Yu-a. da Grenlandiyani normannlar kashf etgan. 12-a. dan ruslar Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya o. larini kashf etdilar. 1596 — 97 y. larda golland sayyohi V. Barens Novaya Zemlyada qishlagan. 17-a. da rus sanoatchilari va kazaklari (M. I. Rebrov. M. V. Staduxin, S. I. Dejnyov va b.) Chelyuskin boʻrnini aylanib utib, Osiyo bilan Shim. Amerika oraligidagi boʻgʻozni kashf etganlar. Arktika asosan 18 — 19-a. larda xaritaga tushirildi. Ana shu vaqtda eng yirik ilmiy tadqiqotlar rus olimlari — F. P. Litke (1821—24), P. F. Anju (1820—24) va F. P. Vrangel (1820— 24) tomonidan olib borilgan. Angliya tadqiqotchisi J. Franklin (1819-22, 1825-27 va 1845) Kanada Arktika arxipelagi va Amerika sektorining materik qismida, norveg tadqiqotchisi O. Sverdrup (1898-1902) Kanada Arktika arxipelagida ish olib bordi; shved olimi A. E. Nordensheld (1878—79) — «Veg» kemasida va norveg tadqiqotchisi F. Nansen (1893—96) «Fram» kemasida suzdi. 20-a. da eng yirik ekspeditsiyalardan norveg sayyohi R. Amundsenning «Yoa» (1905—06) va «Mod» kemalarida suzishi (1922—24), Amerika sayyohi R. Pirining Shim. qutbga yetib borishi (1909-y. 6 apr.) hamda Rossiya paroxodi «Georgiy Sedov»ning suzishi (1937—39) Arktikani oʻrganishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Rossiya sektorida koʻpdan-koʻp doimiy qutb st-yalarida quruqlikda material toʻplashdan tashqari, 1937-y. dan boshlab Arktika suzib yuruvchi ilmiy st-yalar yordamida muntazam ravishda tadqiq qilingan. 1948-y. da suv osti tizmasi kashf qilindi va bu tizmaga Lomonosov nomi qoʻyiddi. 1958-y. da koʻpgina mamlakatlar Xalqaro geofizika yili dasturi asosida Arktikada tadqiqot ishlari olib bordilar.