ARMANISTON QOʻY ZOTI

ARMANISTON QOʻY ZOTI — yarim dagʻal junli zot, Armanistondagi «Aragat» naslchilik xoʻjaligida murakkab chatishtirish [(balbas zoti sovligʻi x linkoln zoti qoʻchqori) x balbas zoti sovligʻi] yoʻli bilan yaratilgan. 1984-y. da zot sifatida tasdiqlangan. Qoʻylarning koʻz atrofi va oyoqlarida qora rangli dogʻlar boʻlishi bilan ajralib turadi. Zot mustahkam konstitutsiyali, gavdasi yirik, goʻshtdorlik sifati yuqori, koʻchqorlarining tirik vazni 80—90 kg, sovliqlariniki 50—55 kg, 4—4,5 oylik qoʻzilariniki 28—32 kg. Asosan oq, yarimdagʻal kokil tuzilishidagi yaltiroq jun qoplamiga ega. Qoʻchqorlaridan oʻrtacha 2,5—3,5 kg, sovliqlaridan 1,5 —1,9 kg jun olinadi, jun kokili uz. 16—20 sm, sovliqlarida 14—18 sm, tivit qismining uz. 10—12 sm, toza jun chiqimi 68 — 72%. Qoʻylar sharoitga tez va yaxshi moslashib, laktatsiya davrida 100—120 kg sut beradi, sutining yogʻlilik darajasi 5,9%.


Lotin alifbosida maqola: ARMANISTON QOʻY ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARMANISTON
ASKANIYA QOʻY ZOTI
BALBAS QOʻY ZOTI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты