BOYSUN TUMANI

BOYSUN TUMANI — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965-y. 29 dek. da qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shim. sharkda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, jan. da Qiziriq, Bandixon tumanlari, jan. gʻarbda Sherobod tumani b-n, shim. gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 3,72 ming km2. Aholisi 79 ming kishi (2000). Boysun tumanida 1 ta tumanga boʻysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qurgʻoncha) bor. Markazi — Boysun sh. Tabiati. Boysun tumani hududining shim. va gʻarbiy qismini Hisor togʻ tizmasi tarkibidagi Boysuntogʻ va uning tarmoqlari (Belovti, Xoʻjaboʻzbarak, Chol togʻi, Xoʻjagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay togʻlari, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztogʻ, Kulbatogʻ va b.) egallagan. Jan. va sharqi togʻ oldi va adirlardan iborat. Togʻlar orasidagi soyliklar, togʻ oldilari oʻzlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid, ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Oʻzbekistonning boshqa togʻli tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 850 m balandlikda 2°, 3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 500—1200 m balandlikda 150—400 mm, 1200 m dan balandda 450—800 mm. Vegetatsiya davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afgʻon shamoli esadi. Boysun tumani togʻlaridan juda koʻp dare va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari: Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (Oʻrmoncha, Jakandi, Olchasoy), Shurob, Xoʻjabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xoʻjaipok daryosi va uning irmoqlari: Qoʻrgʻonchasoy (Xoʻjaboʻzbarak, Qizilsoy, Chindon, Oʻrtanago soylari qoʻshiluvidan hosil boʻlgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Hangaronsoy (Boysun), Pulhakimsoy va b. bor.

Boysun tumanida qadimiy qalʼashaharlar koʻplab topilgan. Eng yiriklari: Poykoʻrgʻon, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangtoʻshtepa, Darband, Munchoqtepa, Boʻyrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqoʻrgʻon. Ibtidoiy odamlar yashagan gʻorlar, manzillar: Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Doʻkonxona, Amir Temur, Iskandarxon va b. Sayrob chinori (Sayrob qishlogʻida), Temir darvoza (Darband qish logʻida), Teshiktosh gori (Machay qishlogʻida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq gʻori (Qoʻrgʻoncha qishlogʻida), Poyonqoʻrgʻon (Rabot qishlogʻida) kabi tarixiy obidalar bor.

Tuproqlari boʻz tuproq, chimli, qoʻngʻir va och qoʻngʻir togʻ tuproqlari, shurxok tuprok/iap. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, jinchak, qizgʻaldoq. boychechak, yaltirbosh, noʻxatak, togʻrayxon, kiyikoʻt, gulxayri, shuvoq; dorivor oʻsimliklardan alkor, xartol, zanjovul, oʻlmasoʻt, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va b. usadi. Jayron, togʻ echkisi, yovvoyi choʻchka, silovsin, sugʻur, boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchigʻay, boyoʻgʻli, olashaqshak,, chil va b. yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek tojiklar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi har bir km2ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi.

Xoʻjaligi. Boysun tumanida sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: kumir (Boysun), tabiiy gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntogʻ), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi (Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va b. Asosiy sanoat korxonalari: «Ishonch» aksiyadorlik jamiyati, Boysun (Tuda) kumir koni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. 1994-y. Boysunda respublikada karbid ishlab chiqaruvchi birinchi korxona ishga tushirildi. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar uyushmasi, hunarmandlar uyushmasi, 164 kichik korxona, 18 aksiyadorlik jamiyati, «Boysun», «Boysunqurilish» va 256koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, avtokorxonalar, «Boysun» bozori bor.

Q. x. ning asosiy tarmoqlari chorvachilik, don xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, beda urugʻchiligi, bogʻdorchilik va tokchilikdir. Boysun tumanining jami yer mayd. 329,3 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 6,1 ming ga. Ekinzorlar jami (shu jumladan lalmi yerlar) 21,9 ming ga, kup yillik daraxtlar 1,5 ming ga. Tomorqalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,2 ming ga (1999). Boysun tumanida 9 jamoa xoʻjaligi (2 donchorvachilik, 3 chorvachilik, 2 beda urugʻchiligi, bogʻdorchiliktokchilik, asalarichilik, q. x. shirkat uyushmasi (boʻrdoqichilik), 70 ta fermer va dehqon xoʻjaliklari mavjud. Asosiy ekin maydonlari don, sabzavot, yemxashak ekinlari bilan band. «Qoʻrgʻoncha» va «Machay» jamoa xoʻjaliklari beda urugʻchiligiga, «Rabot» jamoa xujaligi bogʻdorchiliktokchilikka ixtisoslashgan. Boysun tumanida 21,8 ming qoramol, shundan 11,2 mingi sigir, 190,6 ming qoʻy va echki, 41.7 ming parranda, 184 yilqi bor (1999). Chorvachilik asosan goʻshtyogʻ beruvchi dumbali hisori qoʻychilik, qorakoʻlchilik, yilqichilik, goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilikka (barcha xoʻjaliklarda) ixtisoslashgan. Boysun tumanida 25 ming ga oʻrmon (archazorlar) bor (1999).

Boysun tumanida tuman markazi va togʻ qishloqlarini Surxondaryo viloyatining asosiy avtomobil yoʻli — Katta Oʻzbekiston trakta bilan bogʻlaydigan yoʻllar bor. 1995-y. da qariyb 230 km uzunlikdagi Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon t. y. kurilishi boshlandi.

1999/2000 oʻquv yilida 54 umumiy taʼlim maktablarida 18869 oʻquvchi, 2 kasb hunartexnika litseyida 944 oʻquvchi, 1 hunartexnika bilim yurtida 466 oʻquvchi oʻqidi. 83 ommaviy kutubxona, 11 klub, madaniyat uyi, sanʼat muzeyi bor. Tumanda 370 oʻrinli 5 kasalxona, «Omonxona» shifo maskani, 5 ambulatoriya, 30 feldsherakusherlik, 3 qishloq vrachlik shoxobchalarida 138 vrach, 491 oʻrta tibbiy xodim ishlab turibdi. 1932-y. dan «Boysun ovozi» tuman gaz. chiqadi (adadi 2200).


Lotin alifbosida maqola: BOYSUN TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANDIXON TUMANI
ANDIJON VILOYATI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ANGOR TUMANI
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты