ChERVYAKLI UZATMA

ChERVYAKLI UZATMA — vint (chervyak) va u bilan ilashadigan chervyak gʻildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapetsiodal rezba bilan gʻildirakning yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi. Chervyak rezbasining kirimlar soniga kura, bir, ikki va toʻrt kirimli, rezba oʻrami shakliga koʻra, arximed spiralli, botiq profilli va b. xillarga boʻlinadi. Chervyakli uzatmada uzatish soni 300 va undan katta boʻladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: /=z2/zp bunda / — uzatish soni, z, — chervyakning kirimlar soni, z2 — chervyak gʻildiragi tishlari soni.

Chervyakli uzatmaning boshqa uzatmalardan afzalligi tekis, shovqinsiz ishlashi, ixchamligi; kamchiligi tutashuvchi elementlar (chervyak oʻrami bilan gʻildirak tishi) ning birbirining ustida nisbiy sirpanishi, foydali ish koeffitsiyenti pastligi, detallar qizib yeyilishi xisoblanadi. Chervyak gʻildiraklari yeyilishini kamaytirish uchun ular antifriksion xossali materiallar (asosan, bronza) dan, rangli metallarni tejash uchun tarkibiy materiallar (bronzapoʻlat, bronzachoʻyan)dan, kuchsiz uzatmalarda esa tekstolit, poliamid va b. dan tayyorlanadi.

Chervyakli uzatmadan mashinalarni harakatlantiriщda, boshqarish qurilmalari (mac, avtomobilning rul boshqarmasi)da, metall kesish stanoklari, gidrotexnika inshootlari, koʻtarishtashish mashinalari va b. da foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ChERVYAKLI UZATMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TISHLI UZATMA
YER
TASMALI UZATMA
UZATISH SONI
REZBA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты