ChERCHILL

ChERCHILL Uinston Leonard Spenser (1874.30.11, Blenim, Oksfordshir — 1965.24.1, London) — Buyuk Britaniya davlat arbobi, Konservatorlar partiyasining rahbari (1940—55). Sandxerst harbiy kavaleriya maktabini tugatgan. 1896—98 y. larda Hindistonning shim. gʻarbiy chegarasida qoʻzgʻolon koʻtargan qabilalarni bostirishda qatnashgan. 1896 —98 y. larda Hindistonda xizmat qilgan. 1900-y. Konservatorlar partiyasidan parlamentga deputat qilib saylangan. Mustamlaka ishlari (1906—28; 1921—22), Savdo (1908—10), Ichki ishlar (191011), Harbiy dengiz (191115), Harbiy taʼminot (1917—18), Moliya (1919—21), Harbiy va aviatsiya vaziri (1924—29) lavozimlarida ishlagan.

Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushshʼ kirgach, 1939-y. sent. da N. Chemberlen xukumatida Harbiydengiz vaziri boʻlib tayinlandi. 1940-y. N. Chemberlen isteʼfoga chiqqach, Cherchill koalitsion xukumat bosh vaziri. Cherchill hukumati gitlerchilar Germaniyasiga qarshi birgalikda kurashish toʻgʻrisida SSSR bilan imzolangan bitim (1941-y. iyul) va ittifoqchilik toʻgʻrisidagi shartnoma (1942-y. may)ga qaramasdan SSSRni kuchsizlantirish maqsadida ikkinchi frongsht belgilangan muddatda ochmagan. Cherchill SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya davlat boshliqlarining Tehron (1943), Yalta va Potsdam (1945) konferensiyalari qatnashchisi. 1945-y. parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasining magʻlubiyatga uchrashi tufayli Cherchill xukumati isteʼfoga chiqqan. 1951—55 y. larda yana bosh vazir. Ch. 1955-y. isteʼfoga chiqqan va umrining oxirigacha vakillar palatasining aʼzosi boʻlgan. Bir kancha tarixiymemuar asarlar muallifi. Adabiyot buyicha Nobel mukofoti laureati (1953).


Lotin alifbosida maqola: ChERCHILL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
AVIATSIYA
BELORUSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты