CHIMILDIQ

CHIMILDIQ, goʻshanga — nikoh toʻyi kuni qizning uyidagi kuyov kiradigan xonaga va kuyovning uyidagi kelin tushadigan xonaning bir burchagiga yoki uyning toʻriga tutiladigan maxsus oq parda yoki gulli choyshab. Xorazmda «koʻshana» deyiladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarkand, Buxoro viloyatlarida Chimildiq dastavval (kuyov kelar kechasi) qizning otasi uyida tutilib, uning orqasiga kelinkuyovni oʻtqazadilar. Nikoh marosimlari oʻtgach, qiz kuyovnikiga olib kelinadi. Bu yerda ham Chimildiq tutiladi. Kuyovkelin birinchi kechani Chimildiq ortida oʻtkazadilar. Koʻp yerlarda toʻyning ertasi kuni Chimildiq olib qoʻyiladi. Ayrim joylarda maʼlum muddat («chillasi chiqquncha») Ch. tutilgan holda turaveradi. Ilgari Chimildiq (oq yoki gulli mato)dan kelin birinchi farzand koʻrganda undan chaqaloqning beshigiga yopqich, yostiq, koʻrpachalarini tikishgan (q. Nikoh toʻyi).


Lotin alifbosida maqola: CHIMILDIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO VILOYATI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
Dildora Niyozova - Kelin
BUXORO XONLIGI
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты