CHOK

CHOK — 1) chevarlikda — tikish, qirqish, yamash, kashta gullarini tikishda hosil boʻladigan baxyalar tizmasi, buyumlarning tikib biriktirilgan joyi. Gazlama, charm, teri va b. ni tikishda biror buyumni naqshli kashtalar bilan bezash, kiyim tikishda qismlarini biriktirishda qoʻllaniladi. Chok qoʻlda (igna, angishvona, ilmokli soʻzon igna, bigiz va b. bilan) va tikuv mashinasida tikiladi. Chok tekis va pishiq chiqishida ipning sifati katta ahamiyatga ega. Agar ip yaxshi pishitilsa, Chok tekis va zich chiqadi, ip xom pishitilgan boʻlsa, tarang tortilmay, Chok gʻadirbudur boʻladi. Chokda tabiiy (ipak, paxta, jun) va sunʼiy tolalardan foydalaniladi. 19-a. gacha Chok, asosan, qoʻlda tikilgan. 19-a. ning 2yarmidan Yevropa mamlakatlarida Chokni tikuv mashinada tikishga oʻtilgan. Choklar tikish texnikasi, rasmlar mujassamoti va gullari bilan birbiridan ajralib turadi. Badiiy kashtachilikda palak, soʻzana, gulkoʻrpa, zardevor, joynamoz va b. badiiy buyumlar qadimda turli xil Chok bilan qoʻlda tikilgan. Hozir ham qoʻlda, ham maxsus popop mashinalarda tikilmoqda. Tikuvchilikda kiyim qismlarining ip yoki yelim yordamida biriktirilgan joyi Chok hisoblanadi.

Vazifasiga koʻra, Choklar biriktirish, zih va bezakpardozlash Chok iga baxya, tepchima, yoyma, bosma, qayirma, quyma, qulf, uchmauch Choklar kiradi. Hoshiya Ch. astarsiz va sitiluvchan gazlamalardan tikiladigan kiyimlarning qismlari, qirqimlarini ishlash uchun qoʻllaniladi.

Kashtadoʻzlikla eng koʻp tarqalgan Chok lar: kuppa, bosma, duroʻya (kanda xayol), chinda xayol, xomdoʻzi, yoʻrma, popur, iroqi, ilmoq, chamak bahya va b. ;

2) mashinasozlikda metall qismlarning tutashtirilgan joylari;

3) binokorlikda — terilgan gʻishtlar, bloklarning oraligʻi, panelli uylarda panellar tutashgan joylar. Bino va inshootlarning bir qismini ikkinchisidan ajratadigan ensiz oraliq konstruktiv Chok deyiladi. Bunday Chok tra, choʻkish va seysmik Chokga boʻlinadi. Tra Choki traning oʻzgarishidan, choʻkish Choki imoratning choʻkishidan vujudga keladigan qoʻshimcha zoʻriqishlarning oldini oladi, seysmik Chok binolarni silkinishda buzilishdan asraydi. Amalda koʻpincha bu 3 ta chok vazifasini bitta chok bajaradi, yaʼni 3 ta chok oʻrniga bitta chok krldiriladi.


Lotin alifbosida maqola: CHOK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
AMALIY SANʼAT
YER
JUN
KASHTADOʻZLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты