CHUMCHUQLAR

CHUMCHUQLAR (Passer) — toʻqimachilar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora. Oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va b. joylarga uya quradi. 3—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11—12 kun bosadi. Oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziklanadi; odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda TapKalgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Chumchuqlar — donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Chumchuqlarga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: CHUMCHUQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI
HIND OKEANI
HINDISTON
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты