CHUMCHUQSIMONLAR

CHUMCHUQSIMONLAR (Passeriformes) — qushlar turkumi. 63 oilasi, 5100 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 209 turi uchraydi. Chumchuqsimonlar tanasining uz. 9,5 dan (korolyok—chittakning bir turi) — 65 sm gacha (quzgʻun). Ogʻirligi 3—4 g dan 1,1—1,6 kg gacha. Yer yuzida keng tarqalgan. 4 kenja turkum: shoxtumshuqli Chumchuqsimonlar, qichqiruvchi Chumchuqsimonlar, sayroqi Chumchuqsimonlar va yarim sayroqi Chumchuqsimonlarga boʻlinadi. Shoxtumshuqli Chumchuqsimonlar (14 tur) Afrika va Jan. Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Qichqiruvchi Chumchuqsimonlar (1100 tur) Jan. Amerika va Sharqiy yarim sharning tropik qismida tarqalgan. Sayroqi Chumchuqsimonlar (qariyb 4000 tur) yer yuzining hamma joyida yashaydi. Yarim sayroki Chumchuqsimonlar (4 tur) Avstraliyada uchraydi. Koʻpchilik Chumchuqsimonlar daraxt va butasimon oʻsimliklarda, ayrimlari havoda, baʼzilari yerda yashaydi. Oʻtroq, koʻchib yurib va mavsumiy hayot kechiruvchi Chumchuqsimonlar bor. Tropik va subtropik mamlakatlarda yidda ikki marta 4—6 (baʼzilari 16) ta, Avstraliyada yashovchi ayrim turlari 1 ta tuxum qoʻyadi. Koʻpchilik turlar 11—14 kun, baʼzilari 19—20 kun, ayrimlari 45 kun tuxum bosadi. Koʻpchiligi jish joʻja ochadi (q. Jish joʻja ochuvchi qushlar); bolasi bir yoshda voyaga yetadi. Nari va modasi kattaligi, rangi, sayroqiligi (nari sayraydi) bilan birbiridan farq kiladi. Chumchuqsimonlarning hasharotxoʻrlari va oʻsimlikxoʻrlari mavjud. Baʼzi turlari zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, q. x. ga katta foyda keltiradi. Noyob turlari Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobi roʻyxatiga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: CHUMCHUQSIMONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JANUBIY AFRIKA RESPUBLIKASI
JANUBIY AMERIKA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AFRIKA
ATLANTIKA OKEANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты