CHOʻPXINA, yovvoyi xina (Impatiens parvifl ora) — xinadoshlarga mansub bir yillik oʻt. Poyasi tik, boʻgʻinlari yoʻgʻon, uchi shoxlangan, boʻyi 30—50 sm, popuk ildizli, tuksiz, nozik, chiroyli. Barglari oddiy, qisqa bandli, butun, tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari tishli. Gullari sariq, ikki jinsli, mayda, sachok toʻpgul hosil qiladi. Mevasi qalamsimon, boʻyi 15—20 mm, koʻp urugʻli. Choʻpxina iyunda gullaydi, iyuldan to sent. gacha mevalaydi. Togʻ va adirlarning nam va soya yerlarida, qoyalarning yoriqlarida, daraxtlar tagida oʻsadi. Toshkent, Fargʻona, Samarkand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida voha va bogʻlarda begona oʻt sifatida uchraydi. Choʻpxinadan boʻyoq olinadi.